Kardiologiya fani va uning tarkibiy qismlari
Fanning qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o‘rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. O‘zbekistonda kardiologiya maktabining yaratilishi. Yurakning funksional anatomiyasi va tashxislash usullari. Aritmiyalar va qamallar - ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishi mexanizmlari va ritm buzilishlarining zamonaviy tasniflari haqida; arterial gipertenziya regulyatsiyasi mexanizmlari va arterial gipertenziyani o‘rganish bo‘yicha ko‘p markazli zamonaviy tekshirishlarning natijalari, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi, neyrosirkulyator distoniya, aorta va periferik tomirlar kasalliklari, miokard kasalliklari, yurak nuksonlari, perikard kasalliklari, o‘pka yuragi, infeksion endokardit va ichki a’zolar kasalliklarida yurak qon tomir tizimi xolati va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |