Yurakning funksional anatomiyasi va tashxislash usullari.
Yurak va qon tomirlarining funksiyasi va strukturasining zamonaviy savollari haqida va kardiologik kasalliklarni zamonaviy funksional diagnostika usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi zarur; kardiologik kasalliklar semiotikasi va kardiologiyada fizikal tekshirish usullari, yurakning elektrik hususiyatlarini baholash va registratsiya usullari, funksional va farmakologik sinamalar, diagnostik kardiostimulyatsiya, kardiologiyada zamonaviy laborator tashxislash usullari, kardiologiyada rengenologik va radiologik tashxislash usullari, kardiologiyada invaziv tashxis usullari, yurak va tomirlar ultratovushli tashxisi, bemorlarni yuqori malakada olib borish, turli hil kardiologik kasalliklarda fizikal tekshirish, EKG va FKG – tekshiruv interpritatsiyasi, diagnostik kardiostimulyatsiya, funksional va farmakologik sinamalarni mustaqil o‘tkazish, rentgenologik tekshirish usullarini o‘tkazish (ko‘krak qafasi obzor tasviri, yurakning turli yo‘nalishidagi tasviri), rentgenologik tekshiruvlarni mustaqil interpritatsiyasi va quyidagi mahsus tekshiruvlarning natijalarini interpritatsiyasi: aortagrafiya, koronarografiya, YaMR – tekshirish va boshqalar, yurak va qon tomirlar ultratovush tekshiruvini mustaqil o‘tkazish, exokardiografiya natijalari interpritatsiyasi, yurak va qon - tomirlar invaziv tekshirish usullari natijalarining interpritatsiyasini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |