Oftalmologiyada ultratovush va lazer:
Ko‘z strukturalarini ultratovush tekshirish usullari; diagnostik kriteriylar; ultratovush tekshiruv natijalarini taxlil qilish; oftalmologiyada ultratovush roli; turli xil lazerlarning oftalmologiyada ishlatilishi (diod, YAG – lazerlar, argon va x.k. kasalliklarni davolash va diagnostikasida); zamonaviy oftalmologiyada lazerterapiya o‘rni.
Ba’zi modda almashinuv buzilishlari va qon kasalliklarida ko‘z patologiyasi:
Aterosklerozda to‘r parda va ko‘ruv nervi o‘zgarishlari; endokrin kasalliklarda; qandli diabet: oftalmologik simptomlari - blefaritlar, govmichcha, kataraktalar, glaukoma, diabetik retinopatiya (klassifikatsiya, klinika, davolash), lazerkoagulyatsiya, xirurgik davolash; qalqonsimon bez kasalliklarida uchraydigan oftalmologik simptomlar: gipertireoz, gipotireoz; turli anemiyalarda ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlari.
Dostları ilə paylaş: |