Bosh miya qon tomirlar patologiyasi
Miyaga spontan qon quyilish. Bosh miya yarimsharlariga, miyachaga va uzunchok miyaga to‘la yoki qisman qon quyilishning uziga xos belgilari. Jarroxlik yuli bilan davolash ko‘rsatgichlar va qarshiliklar. Operatsiya usullari. Bemorlar reabilitatsiyasi.
Miya magistral qon tomirlari stenozi va trombozi. Umumiy, ichki uyqu arteriya, oldingi va o‘rta miya arteriya, asosiy arteriya va umurtqa arteriyalarining okklyuziyasi, ularni klinik kechinmalari, jarroxlik yo‘li bilan davolashdagi ko‘rsatmalar. Palliativ operatsiyalar – uyqu va umurtqa arteriyalarida o‘tkaziladigan periarterial simpatektomiya, yuqori bo‘yin va yulduzsimon tugunlarni olib tashlash. Radikal operatsiyalar – trombinektomiya, o‘zgargan qon tomirlarni olib tashlash va transplantant yoki anastamoz qo‘yish. Umurtqa arteriya okklyuziyasini jarroxlik yo‘li bilan davolash. Narvonsimon mushak sindromi, sklenotomiya. Umurtqa arteriya trombozi, trombinektomiya. Umrovosti va umurtka arteriyasini bir qismini rezeksiya qilish. Palliativ operatsiyalar: periarterial desimpatizatsiya, stelektomiya.
Miya qon tomirlar anevrizmasi - patomorfologik kelib chiqishi va topanatomik tasnifi. Anevrizmaning paralitik va gemarragik turlari. Uyqu arteriyasi anevrizmasi: infra- va supraklinoid qismining anevrizmasi, orqa birlashtiruvchi arteriyaning anevrizmasi, bifurkatsiya qismining anevrizmasi, oldingi miya va oldingi birlashtiruvchi aretriyalarining anevrizmasi, o‘rta miya arteriyasi anevrizmalarining klinik kechinmalari. Vertebro-bazillyar arteriya tuzulma anevrizmasining klinik kechishi. Anevrizmalarni jarroxlik yo‘li davolash – ekstra- va intrakranial usullari, ularga ko‘rsatma va texnikasi. Ichki uyqu arteriyaning intrakranial qismidagi anevrizmalarni jarroxlik yo‘li bilan davolash. Ballonizatsiya usullari.
Arterio-venoz anevrizma turlari, klinik kechinmasi, jarroxlik yo‘li bilan davolash. Operatsiyadan so‘ngi davrini kechishi va reabilitatsiyasi.
Karotid-kavernoz birlashma klinik kechinmasi. Konservativ va operativ davolash usullari. Umumiy uyqu arteriyasini vaktinchalik kesish. Operatsiyaga tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Bruns operatsiyasi. Intrakranial usulda ichki uyqu arteriyasi va ko‘z arteriyasining asosiga klipsa qo‘yish. Intrakranial usulda uyqu arteriyasining to‘rsimon sinusdagi qismini va bo‘yin qismini boylash usuli.
Dostları ilə paylaş: |