Ekstrapiramida tizimi patologiyasi
Miya qobiq osti tugunchalari va ularni o‘tkazuvchi yo‘llari topografiyasi. Parkinsonizm, giperkinez, xoreya, xoreoatetoz, torsion distoniya, gemiballizm tushunchasi va klinik kechinmalari. Stereotaksik operatsiyalarga ko‘rsatmalar va monelik, texnikasi. Qobiq osti tugunchalar destruksiyasi: spirt yordamida elektrokoagulyatsiya, mexanik, ultrotovush va krioxirurgik usullar. Reabilitatsiya.
Umurtqa pog‘onasi va orqa miya jarohati
Umurtqa pog‘onaning anatomiyasi va xar bir qismni o‘ziga xos xususiyati. Orqa miya anatomiyasi va o‘ziga xos qon aylanishi. Orqa miya patologiyasi: 1) ildizli sindrom; 2) orqa miyani yarim jarohati (Broun-Sekar sindromi); 3) orqa miyani ko‘ndalang to‘la jarohati. Orka miyani funksional jarohati. Orqa miyani bo‘yin, ko‘krak, bel qismlarining jarohati. Ochiq, yopiq, teshikli va teshiksiz jarohatlari.
Umurtqa jarohati. umurtqalar lati, distorziyasi, chiqishi, kompression sinish, bo‘lakli sinishi, umurtqa tanasini ko‘ndalang bo’yicha «X» turda va «portlash» usulida sinishi. Umurtqa diskini, orqa yarim yoy va ortki o‘simtasini sinishi.
Orqa miya jarohati. Orqa miya chaykalishi, lati va bosilishi, majag‘lanishi. Orqa miya karaxtligi (shoki). Orqa miyani anatomik buzilishi. Diffuz aksonal jarohat. Orqa miya jarohati ichki organlaridagi o‘zgarishlar. Orqa miya jarohatini konservativ va jarroxlik yo‘li bilan davolash. Reabilitatsiya.
Orqa miyani bosilishi, sabablari, davolashni umumiy prinsiplari. Bosilishning sabablari: chiqish, kompression sinish, parchalanib sinish va boshqalar. Gematomieliya, gidroma va epidural gematomalarni klinik kechinmalari. Tashxis. Davolash usullari. Operatsiya usullari, texnikasi. Umurtqa pog‘onasi jarohatida stabilizatsiya usullari: ortki o‘simtaaro stabilizatsiya usuli, umurtkalararo yoyi stabilizatsiyasi, spondilolistez, interpedikulyar turg‘unlik, Keydj yordamida turg‘unlikni mustaxkamlash, endospastik jarroxlik yo‘llari. Ertangi va kechki asoratlarni davolash. Chanoq organlarni buzilishi va uni davolash usullari. Reabilitatsiya, protezlar.
Umurtqa pog‘ona osteoxondrozi
Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi xaqida tushuncha. Umurtqa pog‘onasining biomexanikasi va osteoxondrozdagi o‘zgarishlar. Osteoxondroz etiologiyasi (involyutiv, travmatik, infeksion mushakli, tug‘ma, endokrin nazariyalari).
Osteoxondrozni kelib chiqish sabablari. Osteoxondrozni klinik kechishiidagi 4 davr: I, II, III, IV davrlarda bo‘yin, ko‘krak, bel-dumg‘aza osteoxondrozining klinik kechinmalari va jarroxlik yo‘li bilan davolash usullari. Konservativ terapiya.
Dostları ilə paylaş: |