kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
5511100 - «Kasbiy-ta’lim» ta’lim yo‘nalishi «Ftiziatriya» fani Ishchi o‘quv
dasturi strukturasi, tematik rejasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi;
Quyidagi mavzuda qo‘shimcha dars o‘tkazilsin:
1. Tuberkulyoz klinikasida infeksion nazorat
2. Bolalarda tuberkulyozni tashxislashda Diaskintestni qo‘llash
3.
Sil meningiti patogenezi ,tashxisoti va davolash prinsiplari.
4. Tuberkulyozni JSST tavsiyasiga ko‘ra standart sxemalarda doriga sezgir va
turg‘un turlarini davolashni tashkil qilish
YAngi pedagogik texnologiyalar takomillashtirildi
.
Fan reytingi va mashg‘ulot xronokartasi takomillashtirildi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalarni kirituvchilar:ftiziatriya kafedrasi dosenti R.A.
Xakimova, kafedra o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul D.K.Maksumova
KIRISH
Ftiziatriya fani xozirgi vaqtda dolzarb muammo bo‘lgan
tuberkulyozni kelib
chiqishi, klinik kechishi, asoratlari xamda davolashi xaqidagi fan bo‘lib,
butun
jaxon bo‘ylab yomonlashuvini e’tiborga olgan xolda,
bu muammoga jiddiy
yondashuvi zarur umumiy amaliyot shifokori faoliyatida muxim o‘rin tutadi.
Ftiziatriya fani bo‘yicha dastur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar asosida
talabalarga vrachlik mutaxassisligini yaxshi o‘zlashtirish uchun muxim bo‘lgan
mustaqil o‘quv tarkibi va talabalarning umumiy amaliy shifokori (UASH)
tayyorlash bo‘yicha jarayon mobaynida mustaqil ishi, shuningdek ftiziatriya o‘quv
jarayonini axborot-uslubiy taminlovlaridan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni demokratlashtirish
va iqtisodiyotni
bozor tamoillari asosida isloh qilish borasida belgilangan ishlarni amalga
oshirishda, tibbiyot xodimlarining vazifasi atrof muhitni himoyalash, kasalliklarni
oldini olish, va ularni engishdan iborat. Buning uchun talabalarni o‘qitish
ftiziatriya fanidan mukammal bilim berish va bu
bilimlarni kelgusida etuk
mutaxassis sifatida ishlay olishlari uchun asos yaratishga qaratilgan bo‘lish kerak.
Ushbu dastur Davlat ta’lim standarti va umumiy amaliyot shifakorini
tayyorlash
dasturi asosida tuzilgan, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining davolash,
davolash ishi talabalariga ftiziatriya fanidan ta’lim berish uchun mo‘ljallangan.
Dastur ftiziatriya fanining asosiy bo‘limlaridan iborat bo‘lib, bundan tashqari o‘z
ichiga
nazariy va amaliy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni, epidemiologik xolatni
baxolay
bilishni, tuberkulyozga qarshi kurashish yo‘llarini xamda tuberkulyozga
nisbatan
axolining munosabatini, tushunchalarini va xulqi o‘zgarishiga olib
boradigan tadbirlarni kiritadi.
Dostları ilə paylaş: