9
3.2.3. Modulni o‟qitish davomida egallanadigan amaliy ko‟nikmalar va
kompetensiyalar:
Modul davomida talabalar quyidagi amaliy ko‟nikmalarni o‟zlashtirishlari ko‟zda tutilgan:
Har bir dars bo‟yicha amaliy ko‟nikmalar
1. Makropreparatda patologik jarayonni aniqlash.
2. Mikropreparatda patologik jarayonni aniqlashlardan iborat.
Modul davomida egallanadigan amaliy ko‟nikmalar ro‟yhati:
O‟quv (klinik) amaliyotini o‟tish davrida talabalar quyidagi amaliy ko‟nikmalarni
o‟zlashtirishlari ko‟zda tutilgan.
1. Makropreparatda kasallik tashxisini qo‟yish
Organ va to‟qimalarda kasalliklarga xos holda rivojlanadigan morfologik o‟zgarishlar
makropreparatlar asosida o‟rganiladi.
Maqsad: makropreparatlar asosida kasallikning xos morfologik o‟zgarishlarini aniqlash.
1 . Qanday organ yoki to‟qima ekanligini aniqlash.
2.O‟lchamlari va vazni qanday patologik jarayon
hisobiga kattalashgan yoki
kichiklashganligini topish.
3. Tashqi yuzasi va rangida paydo bo‟lgan o‟zgarishlarni qaysi
bir patologik jarayonga
xos ekanligini ko‟rsatish.
4. Kesimida organ to‟qimasida rivojlangan o‟zgarishlarning
qanday patologik jarayonga
xosligini aniqlash.
5.Kasallik turini va joylashgan joyini aniqlab diagnozini qo‟yish.
Dostları ilə paylaş: