Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi


O‟quv modulining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix22.09.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#63933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ishchi dastur (1)

2. O‟quv modulining maqsadi va vazifalari 
2.1. Modulning maqsadi – kasalliklarning etiologiyasi, patomorfogenezi, anatomo-
morfologik asoslari, va ularning struktura asoslarini o‟rgatish, gistologik preparatlarni 
identifikastiya va interpretastiya qilish ko‟nikmalarini egallash.
2.2. Modulning vazifalari:
-hujayra, to‟qima va a‟zolarning yoshga nisbatan o‟zgarishlari va ularning turli ta‟sirlarga 
nisbatan javob reaksialarini to‟g‟ri talqin qila bilish; 
-kasallikning har bir bosqichidagi umumpatologik jarayonlar morfologiyasi, bir-biridan 
farqini va oqibatlarini o‟rganish; 
-kasalliklar etiologiyasi, patomorfogenezi, tiklanish jarayonlarining struktura asoslari,
kasallik oqibati, kechki asoratlari bilan tanishtirish, kasallik patomorfozini o‟rgatish; 
-hujayra, to‟qima va organlardagi kasalliklarda paydo bo‟ladigan patomorfologik
o‟zgarishlarni klinik belgilari bilan solishtirib tahlil qilishni o‟rganish; 
-patologik anatomiya tarixini, rivojlanish etaplarini, eng muhim usullari asoslarini 
o‟rganish. 
2.3. Modul bo‟yicha talabalarning bilim, ko‟nikma va malakalariga qo‟yiladigan 
talablar: 
Talaba: 
-patologik anatomiya moduli va uning uslublarini; 
-patologik jarayon sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini aniqlashni va tushuntirishni; 
-patologik anatomiya modulini o‟rganishda talaba odam tanasining normal tuzilishi, hujayra
tuzilishi asoslari, shuningdek u yoki bu jarayonlarning bioximik va fiziologik kechishi haqida
ma‟lumotni bilish kabi tasavvurga ega bo‟lishi; 
- kasallik va patologik holatning yuzaga kelishi va rivojlanishining morfologik asoslarini 
hamda olingan nazariy bilimlari asosida, amaliyotda turli kasalliklar va patologik holatlarda inson
organizmidagi kechuvchi jarayonlarni baholashni; 
- preparatlar bilan ishlay olishi, umummorfologik va gistokimyoviy bo‟yashni bilishi va 
ulardan foydalana olishi; 
- patogistologik apparatura bilan ishlash; 
- patologik jarayonni va uning turlarini mikroskopik jaxatidananiqlashni va bir-biridan 
farqlash; 



- patologik jarayonni makroskopik jixatidan aniqlab, uning qanday organ ekanligini,
patologik jarayonning joylanish joyini va xarakterini aniqlash kabi malakalariga (shu jumladan
klinik amaliy ko‟nikmalariga) ega bo‟lishi kerak. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin