Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi: Talant – bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b)xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;
Shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
Moskvaning Umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari tomonidan o‘quvchilarning talanti iste’dod tushuncha negizida o‘rganilgan. Aniqlangan muhim qobiliyatlar yig‘indisi aqliy iste’dod tuzilishini vujudga keltirgan.