O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIBERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
O’QUV USLUBIY
MAJMIA
Bilim soxasi: 100 000 - Gumanitar soxa
Ta’lim soxasi: 110 000 - Pedagogika
Ta’lim yunalishi: 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti
ANDIJON-2017
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2016-yil 1-sonli buyrug`ining 1-ilovasi bilan fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar. Yo.Yusupova. ADU- psixologiya kafedrasi kata o’qituvchi
M.Payziyeva - ADU. Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.
Taqrizchi: P.f.n. M.Xalimova.- ADU. psixologiya kafedrasi mudiri dotsent
O‘quv-uslubiy majmua “Psixologiya” kafedrasining 2017 yil “ 26.08 ” “ 1 ” – son yig’ilshida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: __________ dots. M.Xalimova.
O‘quv-uslubiy majmua Andijon davlat ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ilmiy kengashining 2017 yil 28,08. 1 - son majlisida muhokama etildi va ma’qullandi.
Fakultet kengashi raisi: _____________ dotsent O’.Ubaydullaev
Kelishildi:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: ________ dotsent R.Mullajonov.
MUNDARIJA
|
O’quv materiallari:
|
|
1.1. Ma’ruzalar matni .
|
|
1.2. Seminar mashg‘ulotlar ishlanmasi
|
|
|
Mustaqil Ta’lim materiallari
|
|
|
Glossariy
|
|
|
Ilovalar:
- Fan dasturi
|
|
- Ishchi o‘quv dasturi.
|
|
- Testlar.
|
|
- Baxolash mezonlari
|
|
- Qo’shimcha materiallar
|
|
“
«Tasdiqlayman»
Psixologiya kafedrasi mudiri
_______ dots. M. Halimova
2017 yil “ 02 ” 09
KALENDAR REJA
Fakultet:Xorijiy tillari . Bosqich:1 Akademik guruhlar _________________________
Fanning nomi: ___________________________________________________________
Ma’ruza mashg’ulotlarini olib boradi:________________________________________
Maslahat va amaliy mashgulot olib boradi:____________________________________
2 semestr.
№
|
Mashg’ulot
lar turi
|
Ma’ruza mavzulari
|
Yangi ped.tex.Axborot resurs
|
Ajiratilgan soat
|
Bajarilishi xaqida
Muddati va soati
|
O’qituvchi Imzosi
|
1
|
Ma’ruza
|
Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti faniga kirish
|
|
2
|
|
|
2
|
Ma’ruza
|
Xozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadkikot metodlari
|
|
2
|
|
|
3
|
Ma’ruza
|
Shaxs. Faoliyat Gurux va jamoa
|
|
2
|
|
|
4
|
Ma’ruza
|
Mulokot va shaxslararo munosabat psixologiyasi
|
|
2
|
|
|
5
|
Ma’ruza
|
Dikkat. Sezg. Idrok
|
|
2
|
|
|
6
|
Ma’ruza
|
Xotira. Xayol. Tafakkur psixologiyasi
|
|
2
|
|
|
7
|
Ma’ruza
|
Xissiyot. Iroda
|
|
2
|
|
|
8
|
Ma’ruza
|
Temperament, Xarakter
|
|
2
|
|
|
9
|
Ma’ruza
|
Qobiliyat
|
|
2
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
18
|
|
|
O’qituvchi : _______________________imzo___________________
«Tasdiqlayman»
Psixologiya kafedrasi mudiri
_______ dots. M. Halimova
2017__ yil “_02__”____09
KALENDAR REJA
Fakultet:Xorijiy tillari . Bosqich:1 Akademik guruhlar _______________________
Fanning nomi: __________________________________________________________
Ma’ruza mashg’ulotlarini olib boradi:_______________________________________
Maslahat va amaliy mashgulot olib boradi:__________________________________
2 semestr.
№
|
Mashg’ulotlar turi
|
Ma’ruza mavzulari
|
Yangi ped.tex.Axborot resurs
|
Ajiratilgan soat
|
Bajarilishi xaqida
Muddati va soati
|
O’qituvchi Imzosi
|
1
|
Seminar
|
Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti faniga kirish
|
|
|
|
|
2
|
Seminar
|
Xozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari
|
|
|
|
|
3
|
Seminar
|
Shaxs. Faoliyat Gurux va jamoa
|
|
|
|
|
4
|
Seminar
|
Muloqot va shaxslararo munosabat psixologiyasi
|
|
|
|
|
5
|
Seminar
|
Diqqat. Sezg.Idrok
|
|
|
|
|
6
|
Seminar
|
Xotira. Xayol. Tafakkur psixologiyasi
|
|
|
|
|
7
|
Seminar
|
Xissiyot. Iroda
|
|
|
|
|
8
|
Seminar
|
Temperament, Xarakter
|
|
|
|
|
9
|
Seminar
|
Qobiliyat
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
20
|
|
|
O’qituvchi : _______________________imzo___________________
Modul-1. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti faniga kirish
Reja
1. Fanning predmeti va vazifalari.
2. Pedagogik faoliyat psixologiyasi
3. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” - fan sifatida
Tayanch suz iboralar: psixika, psixologiya, bilish, psixik jarayonlar, psixik xolatlar, psixik funksiyalar, psixik xodisalar, ong, filoginez, ontoginez
Fanning tarixi va rivojlanish boskichlari. Fanning predmeti va vazifalari. Psixik xodisalar, psixik rivojlaniщning konunyat va mexanizmlari. Shaxs va vokelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat vokelikni anglash, olamni psixolagik taxlili, psixik xodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy axamiyati jamiyatda olib borilayotgan ishlar natijasidagi yutuklari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy soxalari. Yosh davrlar psixologiyasi fanining boshka fanlar bilan alokasi.
Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko‘ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o‘rin egallashiga barcha ob’ektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabi bo‘lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o‘rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o‘zaro ta’sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo‘shilishi to‘g‘risida mulohazalar, faraziy asosda bo‘lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o‘zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to‘planishi inson tana a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, natijada favquloddagi holatlar sodir bo‘lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo‘lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha tele uzoqni pathos sezaman degan ma’no anglatadi) samaralar, o‘ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha extra o‘ta, sensus sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extra o‘ta, sensus his qilaman ma’nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo‘ladi. Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo‘lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo‘q. Ammo bu borada bilish ob’ekti (lotincha Objectum jism demakdir) bilan sub’ektining (lotincha Subjectum tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.
Psixologiya termini grek tilidan olingan bo‘lib, ikki qismdan - psuhe va logosdan iborat. Psuhe qismi o‘zbek tilida ruh, jon, logos qismi esa, ilm, fan, ta’limot ma’nolarini beradi. Ular biriktirilganda ruh yoki jon aqidagi fan degan mazmunni anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, filosofiya, fiziologiya, geometriya, geografiya terminlarida bo‘lganidek, psixologiya terminining ham fan sifatidagi mazmunini o‘zbek tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib bo‘lmaydi. Chunki so‘zma-so‘z tarjimasidan ma’lumki, psixologiya ruh yoki jon mavzuida bahs etuvchi fan emas.Har bir shaxs o‘zining kundalik faoliyatida bir qancha odamlar bilan uchrashadi, ular bilan muomalada bo‘ladi. Ularning ba’zilari shaxsga yoqimli, hayajonli ta’sir o‘tkazadi, ba’zilari esa, aksincha bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun xam shaxs o‘zini ba’zilarga yaqin tutadi, ba’zilardan olib qochadi. Shaxs turmushdagi voqea-hodisalarga, turli-tuman fakt va predmetlarga ham bir xilda munosabatda bo‘lavermaydi. Ularning ba’zilari shaxsni o‘ylatadi, his-hayajonga soladi, uni qiziqtiradi, ba’zilariga nisbatan esa shaxs beparvo munosabatda bo‘ladi.
Ba’zi ta’sirotlar shaxsga huzur-halovat bag‘ishlaydi, uning ruhini tetiklashtiradi, kayfiyatini yaxshilaydi, ayrimlari esa shaxsga noxush ta’sir qiladi va unda turli-tuman ruhiy kechinmalarni vujudga keltiradi. Ayrim shaxslarning nojo‘ya qiliqlari boshqalarda antipatik hislarni qo‘zg‘aydi, g‘azabini keltiradi. Jamiyatimiz a’zolaridagi yuksak axloqiy insoniy fazilatlar- mehnatsevarlik, insonparvarlik, baynalminalchilik, jamiyat baxt-saodati yo‘lidagi halol mehnat, jamoatchilik, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo‘ylik, oddiylik, kamtarlik kabi sifatlardan zavqlanamiz.
Inson o‘zini o‘rab olgan sotsial muhitda yashaydi va harakat kiladi. U har qanday ehtiyojga muhtojdir va uni qanoatlantirishga (qondirishga) intiladi. Tevarak-atrofdagi muhitdan har xil axborotlar (informatsiyalar) qabul qiladi va o‘zini shunga muvofiqlantirishga harakat qiladi. Dunyodagi real obrazlarni miyasida ongli shakllantirishga kirishadi, shunga qarab o‘zining shu muhitda qanday harakat qilish kerakligi to‘g‘risida, u yoki bu voqeaga qanday yondashish uchun rejalar tuzadi. O‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlarini o‘z harakat natijalariga solishtirib ko‘radi, o‘z boshidan juda katta hissiy (emotsional) holatni kechiradi. Hayot faoliyatidagi ba’zi kamchilik va xatoliklarni to‘g‘rilash yo‘llarini axtaradi. Buning uchun uylaydi, fikr yuritadi, hayajonlanadi. Ba’zan o‘zini tuta olmay pessimizmga berilib ketadi. Nihoyat, o‘zini tutib oladi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishiga butun kuchini qaratadi.
Mana shu holatlarning hammasi kishining psixik faoliyati hisoblanadi. Ana shu psixik faoliyat qonunlarini o‘rganuvchi fan psixologiya fanidir.Psixologiya fanining o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadigan problemalari juda xilma-xil bo‘lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo‘llarini aniqlash, har bir psixik protsessning asosida qanday mexanizm borligi, uning o‘zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o‘rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday ro‘yobga chiqqanligini o‘rganish bilangina shug‘ullanib qolmasdan, bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham ilmiy asosda o‘rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o‘rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi.
Turli mazmundagi ta’sirotlar tufayli paydo bo‘ladigan hissiy holatlar psixik (ruhiy) hayotimizning turli-tuman ko‘rinishlaridirki, bularning hammasini psixologiya fani, jumladan, umumiy psixologiya o‘rganadi.
O‘zligini anglash jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion (lotincha evolutio tabiiy ravishda o‘zgarish) taraqqiyoti davrlariga xos xususiyat sanaladi. Ibtidoiy jamiyatda kishilarning kuch-quvvati yashash uchun kurashga va tashqi dunyoni egallashga sarflangan, ana shu tariqa tabiat haqidagi dastlabki bilimlar, tajriba saboqlari orqali o‘zlashtirilgan. Yarim yirtqich holatdagi ajdodlarimiz olovni kashf qilganlar, yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar, tabiat ne’matlaridan bahramand bo‘lganlar va xuddi shu qabilda tabiat bilan tanisha boshlaganlar, moddiy dunyoning saxiyligi, tabiatning ehsonlari va ofatlari, hayvonot olamini madaniylashtirish (xonakilashtirish), yer ilmini o‘rganish bo‘yicha bilimlarning to‘planishi natijasida inson tabiatning qulligidan qutila borgan soniyadan e’tiboran o‘zligini (kimligini) anglash imkoniyati tug‘ila boshlagan. Lekin u davrning odamlari bolaga o‘xshab o‘zligini oqilona, odilona, omilkorlik bilan tasavvur eta olmaganlar. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug‘ma mayl va layoqatlar alomatlari asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan. Ammo bu jarayon birining o‘rniga ikkinchisini mexanik (yunoncha mechanike qurol yoki sodda tarzda demakdir) ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki, aksincha, murakkab sifat o‘zgarishlari, organlarning takomillashuvi, tajribalarda to‘plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi. Insonning jismoniy (biologik), ruhiy (psixik), ijtimoiy (sotsial) rivojlanishi natijasida yer kurrasida moddiy dunyo, ma’naviyat, yozuv, san’at, adabiyot, fan, texnika yaratilgan. Bularning zamirida inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli irodasi, mustahkam xarakteri (yunoncha charakter qiyofa, xislat degani), ijodiyoti, xayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o‘zini hayajonlantirgan, taajjubga solgan savollariga javob izlash imkoniyati vujudga kelgan. Buning natijasida
«Inson qanday fikrlaydi?»,
«Odam qanday yangilik yaratishi mumkin?»,
«Ijod qilish qay yo‘sinda paydo bo‘ladi?»,
«Moddiy dunyoni qay tariqa bo‘ysundirish mumkin?»,
«Aql-zakovatning o‘zi nima?»,
«Insonga uning ichki ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo‘ysunadi?»,
«Inson o‘ziga o‘zi ta’sir o‘tkaza oladimi?»,
«O‘zgalarga-chi?» kabi turli-tuman muammolar yechimini qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar tug‘ilish nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o‘zini o‘zi anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo‘lishi o‘zini o‘zi anglashni omiliga aylanadi, ular borgan sari tobora uyg‘unlashib, mutanosiblashib borib, izchil, uzluksiz aloqaga o‘sib o‘tadi. Bebaho ahamiyatga ega bo‘lgan insoniyatning buyuk yutug‘i - bu tafakkurning kashf qilinishiga olib keldi. Avvallari uning fikri, xayoli tashqi dunyoni egallashga qaratilgan bo‘lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab sub’ekt-ob’ekt (inson fikrlashi tashqi olamga qaratilgan) munosabati o‘rnini sub’ekt (insonning fikri o‘zini o‘zi anglashga yo‘naltirilgan) munosabati egallay boradi. Demak, inson ob’ektiv dunyoni sub’ektiv tarzda aks ettirish orqali o‘zini o‘zi tadqiq qilishdek murakkab, qaltis ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan, psixologiya faninnig vazifalari ko‘lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida keskin burilish yasab, o‘z predmetiga insonni ilmiy jihatdan o‘rganishdan tashqari o‘zini o‘zi anglashni ham kiritdi.
Dostları ilə paylaş: |