Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta’siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish - harbiy psixologiyasning asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o‘zgarish, bo‘linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbashariy qonuniyatlari yotadi.