Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə10/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta’lim muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi - o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shart-sharoit va boshqa psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta’siri natijasida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishda o‘sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo‘nalishlar ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tqazgan. Bixevioristik psixologiya yo‘nalishi pedagogik psixologiya uchun asos qilib tarbiyachi va o‘qituvchiga vosita qilib tashqi muhit ta’sirini oladi. Tashqi muhit qanchalik ijobiy ta’sir qiluvchi omil bo‘lsa, ya’ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa, demak, shaxsning tarbiyalanishi shunchalik ijobiy kechadi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin