O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
UMUMIY PSIXOLOGIYA NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Fanining
SEMINAR ISHLANMA
ANDIJON –2017
Seminar ishlanma o’quv reja va dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchi: M.Payziyeva. ADU. psixologiya kafedrasi o’qituvchi.
Yo.Yusupova. ADU. Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchi.
Taqrizchilar: M.Xalimova.-ADU. psixologiya kafedrasi mudiri, dotsent
I.Xakimova –ADU. psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
KIRISH
Ushbu seminar ishlanma Umumiy psixologiya fanining mohiyati, rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlari, psixologik holatlar hamda shaxsning shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan psixologik fiziologik va jismoniy o’zgarishlar, shuningdek shaxsga xos sifat, xususiyat, holatlar; ta`lim-tarbiya jarayonini to’g`ri tashkil qilishning yoshga bog`liq jihatlarining psixologik mexanizmlarini o’z ichiga qamrab oladi.
Fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, umumiy psixologiya kursini asosiy mazmunini tashkil etuvchi tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |