Andijon davlat universisteti


Tashkilotchi va o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarining metodikasi



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə6/10
tarix19.10.2022
ölçüsü68,28 Kb.
#65447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qodirova Zuhraxonning

Tashkilotchi va o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarining metodikasi


Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi Qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat


qarorlari, xalq ta’limi vazirligi va boshqa yuqori tashkilotlarning qaror, buyruq va me’yoriy hujjatlari talablari asosida ish olib boradi.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimiga kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo’lgan qobiliyatli, mahalla, ota-onalar va keng jamoatchilik o’rtasida hurmat-e’tiborga loyiq bo’lganlar tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan tayinlanadi va bo’shatiladi.
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida keng fikrli, sog’lom, jismoniy, akliy va ma’naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g’oya va istiqlol mafkurasi mustahkam bo’lgan shaxslarni shakllantirish direktor o’rinbosari faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.
O’quvchi-yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi;

  • «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Prezident farmonlari, asarlari, nutqlari, hukumatimiz qarorlari, ta’lim boshqaruvi organlari me’yoriy hujjatlari, talablari asosida o’z ishini amalga oshiradi;

  • direktor o’rinbosari tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda, sinf rahbarlarining qiziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi;

  • o’quvchilarda Vatanga muhabbat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hislarini tarbiyalaydi;

O’quvchilarning o’z-o’zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. Bu bolalar va o’smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi,O’z-o’zini idora qilish – tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi o’quvchilar tomonidan fan va mashg’ulotlarning to’liq o’zlashtirilishiga, biror kasb o’rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo’lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko’z qorachig’iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko’maklashadi.O’z-o’zini boshqarish o’quvchilarni mustaqil hayotga, to’rmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash ma’muriyatga qo’shimcha ta’lim olish uchun o’quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko’maklashadi.O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko’nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g’oyalari bilan ahil, jipslashgan o’quvchilar jamoasini tuzadi. O’quvchilar o’z-o’zini idora qilish tizimi maktab o’quvchilari (jamoasi) tomonidan o’zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o’zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to’g’ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo’lga qo’yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg’unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o’z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko’nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo’lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo’shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o’zaro munosabatlarning qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo’llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.


  1. Yüklə 68,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin