Andijon davlat universisteti



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə9/10
tarix19.10.2022
ölçüsü68,28 Kb.
#65447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qodirova Zuhraxonning

Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayoni.

Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda.
Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:

  • Ulg’ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e’tiborda tutish zarur.

  • Milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish.

- Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:

    1. fan to’garaklari




    1. mohir qo’llar to’garaklari

V) sport to’garaklari


G) badiiy havaskorlik to’garagi


O’rta umum ta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda


to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi to’garakda mashg’ul bo’lishlari hisboga olinadi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi bo’lib qolishi kerak. O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi.
Ma’lumki, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy jihatdan to’liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o’quvchilarning kundalik o’sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo’lmaydi.
Bunday ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog’lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan, uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishi qiyin.
1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi vash u yilning o’zida Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo’lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni avylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo’li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o’rganish, oilaviy hayotga bog’liq muammolarni tadqiq eti shva fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila kontseptsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta e’tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati va Prezidenti I.A.Karimov tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan etibor, yillarga maqom berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni qadriyat sifatida e’zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma’noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g’amxo’rligi ekanligidan dalolatdir.Taqdim etilayotgan kontseptsiya oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g’oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta’minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning barkarorligiga erishish ekan, oila bag’ishlangan kontseptsiyaning vujudga kelishi o’ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o’z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko’tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan kontseptsiya zarur. Darhaqiqat, kontseptsiya O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki «Oila» kontseptsiyasini yaratish va bu bilan bog’liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to’g’risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o’z aksini topadi. SHuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bagrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. SHu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
XULOSA:

O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z-o’zini anglashini jadallashtiradi. o’spirin o’quvchilarining o’z- o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqrok baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.


O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sezish va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish. ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko’pqirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning yana bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruxiy qiyofalash shakllantirishga intiladilar. O’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni. O’quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining ta’siri doirasida bo’lmog’i shart. Toki o’z-o’zini tarbiyalashning, takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O’z- o’zini tarbiyalash to’g’ri, izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy, turmushda
uchraydigan ba’zi bir yaramas yurish-turish ko’rinishlariga, illatlariga, sarqitlariga qaqshatgich zarba berish, ularning ta’siri yigit va qizlarni asrash, yot tashviqot mohiyatiga qarshi ko’rash olib borish pedagoglar jamoasining bosh vazifasidir. O’spirinlarda balog’atga yetganlik tuyg’usi takomillashib borib, o’z-o’zini qaror toptirish, o’z ma’naviy qiyofasini ifodalash tuyg’usi o’sib o’tadi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o’z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo’yish, tasviriy sanoatga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga, maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat, qiladilar, o’quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqayddik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo’rqoqlik, g’ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin