Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari 
Bolalar turli mutaxassislar: tibbiyot xodimlari, pedagoglar, psixologlar turlicha baho 
beradilar. Alkogolizm sabablari va oqibatlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan 
 
 
 


47 
Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari 
Yosh 
ko‘rsatkichlari 
Sabablar
Oqibatlar 
Ilk bolalik davri
0-3 yosh 
1. Mastlikda hosil bo‘lgan 
homila 
2. Boshlang‘ich 3 oy davrida 
homiladorlikdagi 
ichkilik 
ichish 
2. Emizikli davrida alkogol 
iste’mol qilinish 
1. Epilepsiya 
(tutqanoqlik), 
aqli 
norasolik; 
2. Jismoniy rivojlanishdagi norasolik; 
3. Ruhiy rivojlanishdagi norasolik 
Maktabgacha va 
kichik maktab 
yoshi
3-9 yosh 
1. Ota-onalarning pedagogik 
savodsizligi 
2. Oilaviy 
alkogolizm 
an’analari 
1. organizmning alkogol bilan 
zaharlanishi 
2. spirtli ichimliklarga qiziqishning 
shakllanishi 
O‘smirlik va 
yoshlik davri 
9-18 yosh 
1. Nosog‘lom oila 
2. O‘z-o‘ziga bino qo‘yish 
3. Ommaviy 
axborot 
vositalarining 
pozitiv 
reklamalari 
4. Bo‘sh vaqtning ko‘pligi 
5. Alkogolizm 
oqibatlari 
haqida bilimning yo‘qligi 
6. Shaxsning 
psixologik 
xususiyatlari 
7. Muammodan qochish
1. Alkogolga 
qiziqishning 
shakllanishi 
2. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 
odatining shakllanishi 
3. Alkogolizmning 
hulqining 
stereotiplarini ishlab chiqish 
4. Alkogoldan 
mastlik 
holatida 
huquqbuzarlik holatlarini sodir 
etish 
5. Alkogoldan 
mastlik 
holatida 
huquqbuzarlik holatlarini sodir 
etilishining anglanmaganligi 
6. Psixik muammollarni hal etishda 
alkogoldan 
doping 
sifatida 
foydalanish 
7. Alkogolga bo‘ysinib qolish 
Fanda to‘plangan ma’lumotlar hom Fanda to‘plangan ma’lumotlar homilador ayolning 
spirtli ichimliklar iste’mol qilishi qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. Bunda 
rivojlanayotgan homila bilan alkogolning qanchalik aloqador bo‘lishi zarur moddalar bilan 
ta’minlanishi ona qornidagi homilani himoya pardasi orqali o‘tadi. Biroq etil spirti va zaharni 
himoya parda to‘sa olmaydi. Boshlang‘ich 3 oy mobaynida, homiladorlikda homilaning ichki 
organ va sistemalari shakllanish jarayoni sodir bo‘ladi. Homilaning alkogol bilan zaharlanishi 
turli norasolik va nuqsonlarga sabab bo‘ladi. Homila alkogoldan umuman himoya etilmasligi 
tufayli uning miyasiga zarar etkazadi. SHu sababli bosh miyada suv to‘planishi, shishlar, grijalar 
bilan og‘rigan bolalar dunyoga keladi. 
Bunday bolalar ilk bolalik davrida yoki nobud bo‘ladilar yoki butun umrga aqliy noraso 
bo‘lib qoladilar. 
Ikkinchi bosqich maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bosqich. Bu bosqichda ikki 
sabab bo‘lib, ota onalarning pedagogik savodsizligi va oilaviy hamda maktab an’analari 
hisoblanadi. Pedagogik savodsizlik ota onalar alkogolni (dori darmon) shifoviy modda deb 
hisoblaydilar.Alkogol ishtahani kuchaytiradi, kamqonlikni tuzatadi, uyquni yaxshilaydi, Tish 
chiqishini osonlashtiradi. Ota-onalar bolalarga yoshlik davridan spirtli ichimlikni kichik 
miqdorlarda ichirib turilishi katta bo‘lganida alkogolga berilib ketishi oldini oladi degan fikrlar 
yuradi. 
Bolalarning ichkilikbozlikka odatlanishiga yaqin qarindoshlarining spirtli ichimlik iste’mol 
qilishlari hamda oilaviy an’analar sabab bo‘ladi (tantanali, xursandchilik yoki yomon kunlarda 
spirtli ichimliklar ichishlar). Bunday bayram kunlarida bolalarga ham spirtli ichimliklar quyib 


48 
beradilar. Bunday oilalarda spirtli ichimliklar ichish yomon hisoblanmaydi, bolalarni spirtli 
ichimlik ichishlari esa tashvish tug‘dirmaydi. Bolalar ichkilikbozlik odatlarini spirtli ichimlik 
ichishga boshlashdan ancha avval bilib oladilar. 
Bolalar o‘yinlarida kattalarga taqlid qilib qadah so‘zlari gapiradilar, bakallarni 
urishtiradilar, ularning mast holatlarini o‘xshatadilar, kichik yoshdagi maktab bolalarida alkogol 
tantanalar va uchrashuvlarda doimiy odatiy hol degan tasavvur paydo bo‘ladi. 
Alkogolning o‘zi gendan o‘tmasligi, faqatgina ota-onalaridan olgan xarakteri 
xususiyatlaridan kelib chiquvchi unga moyilligini o‘tishi biologik tekshirishlar bilan isbotlangan. 
Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishida ota-onalarining yomon odatlari, oilada ichkilikbozlik 
holatlari asosiy rol o‘ynaydi. 
Uchinchi bosqich o‘smirlik va yoshlik davrlari. Asosiy sabablar qilib quyidagi ettitasini 
ko‘rsatish mumkin: oilaviy sharoitlar yomonligini; ommaviy axborot vositalarida pozitiv 
reklamalar; bo‘sh vaqtida hech bir ish bilan shug‘ullanmaslik; alkogolizm oqibatlarini bilmasligi; 
muammolarni hal etish bilan shug‘ullanmasligi; psixologik xususiyatlari; o‘zini tashkil toptirish. 
Bu davrda alkogolga berilishi yuzaga kelishi sodir bo‘ladi, bu berilish odatga aylanadi, bu 
odat esa ko‘pchilik hollarda alkogolga qaram bo‘lib qolishi hollariga olib keladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin