Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Bolalar ichkilikbozligi – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

 
Bolalar ichkilikbozligi – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida 
bugungi kunda bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolaridan biridir. 
Bu muammo madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarga ega. Bu muammoga qarshi 
kurashishda samarali chora-tadbirlar kurishda bu muammoning tarixini bilish muhimdir. 
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish odati 8 ming yil ilgari vujudga kelgan. Arab kimyogari 
Albukazis Koza tomonidan ishlab chiqilgan turli o‘simlik moddalarining achishi sababli hosil 
bo‘ladigan etil spirti keng tarqalib iste’mol etila boshlandi. Aroq VI asrda kashf etilgan. Aroq 
benedektin-manaxi tomonidan barcha monastirlarda tarqatila boshlandi. Hokimlar hamma vaqt 
ichkilikbozlikka qarshi kurashib kelganlar. Spirtli ichimliklarni sotishni mann etuvchi qattiq 
qarorlar chaqarib, nazorat qilganlar. Ivan Grozniy, Boris Godunov, Ekaterina II lar davrida spirtli 
ichimliklarni iste’mol qilish va tarqatishga qarshi chiqargan farmonlari bu ichimliklarning to‘la 
yo‘qotilishiga erishilmadi va aholining ichkilikbozlik muammosi hal etilmadi. Bunga qator 
sabablar ham mavjud edi. Birinchisi – ichkilikbozlik odamlarni jamiyatda mavjud 
muammolardan chalg‘ituvchi voqelik sifatida o‘rin tutardi. Ikkinchi sabab – spirtli ichimliklarni 
sotishdan davlatga katta moddiy manfaat bor edi va mavjud. Sobiq Ittifoq davridagi statistik 
hisobotlarda, 1980 yil 1950 yilga nisbatan, 10,4 barobar ortiq spirtli ichimliklar ko‘proq iste’mol 
qilingan. Bu ma’lumotga uyda tayyorlangan aroq, musallas va sharoblar kiritilmagan. 
Sotsiologlarning fikricha, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 
jon boshiga 8 litr spirtli ichimligi to‘g‘ri keladi. Bu millatlarning genofondi o‘zgarishiga olib 
keladi. Bu holatda sog‘lom bolalarga nisbatan ruhiy, jismoniy og‘ishgan, nosog‘lom bolalarni 
spirtli ichimliklarga juda yosh davrlaridan va tez o‘rganib qolishi juda xavotirli omillardandir. 
Alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali 
kasallik bo‘lib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm - shaxsni deviant (xulqiy 
og‘ishganlik) hulq-atvorining shakli bo‘lib, shaxsni ijtimoiy degradatsiya
12
lash, spirtli ichimlikka 
qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi. 
Alkogolizm rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida insonalohida kasalmand ahvolga 
tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida kasallik rivojlanib
ichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati 
bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, quyidagi holatlarga sabab bo‘ladi: jinoyatchilik, 
huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma’naviy ahloqsizlik, hulq-atvor buzuqligi, o‘z-
o‘zini o‘ldirish. Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardagi kasallikning birinchi 
ko‘rinishldari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega:
1. 
Spirtli ichimliklarga tez o‘rganib qolish. Agar kattalarda ichkilikbozlikdan 
alkogolizmgacha bo‘lgan davr5-10 yil bo‘lsa, bolalarda surunkali alkogolizmga o‘tish 3-4 marta 
tezroq yuz berishi mumkin. Bu bolalar organizmining anotomik-fiziologik tuzilmasiga bog‘liq. 
12
Деградация - (французча degradation) – доимий ёмонлашиш, оғирлашиш, тушиш, 
ҳаракатнинг орқага кетиши


46 
Bolalar miyasi kattalardan farqli ravishda, suvga boy, oqsilning kamligi, suvda esa alkogol 
yaxshi erishi va organizmga tez singishi, uning 7 % foizi faqatgina o‘pka va jigarda qolishiga 
olib keladi. Qolgan 93 % barcha organ va tizimlarni ishdan chiqaruvchi zahar sifatida tarqaladi. 
Bola bu zaharga tezda o‘rganib qolishiga olib keladi. 
2. 
Kasallikning og‘ir kechishi. Bu bola organizmining shakllanish bosqichida 
turganligi bilan organizmning asab tizimi alkogol ta’siriga qarshi kurasha olmasligi natijasida 
organizm va asab tizimini buzuvchi, og‘ir tuzatib bo‘lmaydigan jarayonga sabab bo‘lishi bilan 
ifodalanadi. 
3. 
Bola tomonidan alkogolni (katta) ko‘p miqdorda iste’mol qilish. Bu bolalarning 
alkogolni iste’mol qilishi jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, shu sababli ham bolalar 
yashirincha, birdaniga ko‘p miqdorda iste’mol qilishga harakat qiladilar. 
4. 
Ichkilikbozlikning tez rivojlanishi. O‘smirlar istagan bo‘lar-bo‘lmas sabablar 
tufayli ichishni me’yoriy odat qilib oladilar, engil mastlik holatidayoq ular o‘zlaricha 
ishonchsizlik holatini sezadilar. SHu sababli ular to‘liq mastlik holatigacha ichishga intiladilar. 
SHundagina ichimlikni muvaffaqiyatli, to‘liq darajali hisoblaydilar. 
5. 
Davolashning kam samaraliligi. Voyaga etmaganlar o‘rtasidagi ichkilikbozlik 
xulqiy og‘ishganlik bilan uzviy bog‘liqdir. O‘smir uchun alkogolizmning eng asosiy xavfliligi 
shundaki, u o‘z-o‘zini nazorat qilish xususiyatini bo‘shashtiradi. Ichkilikbozlik va jinoyatchilik 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir qator illatlarga sabab bo‘ladi: 

Voyaga etmaganlar ko‘pgina jinoyatlarni mast holatda sodir etadilar (22 % o‘g‘rilik, 76 
% bezorilik, 6 % zo‘ravonlik, 56% bosqinchilik). Ko‘pgina zo‘ravonlik holatlari (agressiv) 
mastlikda sodir etiladi. Bu holat – mastlik odatiy sharoitdagi ijtimoiy hulq-atvor 
ko‘nikmalarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi; 

ko‘pgina jinoyatlar spirtli ichimliklar sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lish maqsadida 
sodir etiladi; 

ichkilikbozlik voyaga etmaganlarda ko‘pgina jinoyatlarni sodir etishga intilish 
(kriminologiyada “mast motivatsiya” atamasi mavjud); 

ichkilikbozlik (kriminal) jinoyatchilik holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi; 

ichkilikbozlik voyaga etmaganlarning jamiyatdan xulqiy og‘ishgan tengdoshlari 
guruhlariga qo‘shilishlarida vosita sifatida namoyon bo‘ladi; 

ichkilikbozlik voyaga etmaganlarni jinoyatchilik faoliyatiga qo‘shilib qolishlariga sabab 
bo‘lib, uni ko‘pincha katta yoshdagilar tashkil etadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin