Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
]
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
238
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TAYYORLOV GURUH
BOLALARNI RAVON NUTQINI O‘STIRISHGA O‘RGATISH YO‘LLARI
Xolmurodova Farog‘at Jumanazarovna
UrDU “ Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi” kafedrasi
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi 2- bosqich
magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa
o‘rgatish yo‘llari haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Shuningdek nutq turlariga,
tarbiyachi- pedagogning nutqi qanday bo‘lishi kerakligi haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: ravon nutq, diologik nutq, monologik nutq, ritm, temp, diksiya,
nutq.
Barchamizga ma’lumki nutq ikki xil turga bo‘linadi.
1.Dialogik nutq 2. Monologik nutq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa
o‘qitish asosan ikki shaklda amalga oshiriladi.
Bular a) erkin
nutqiy muloqot; b) maxsus mashg‘ulotlardir.
Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini
boyitish va shu bilan birgalikda talaffuzga doir grammatik ko‘nikmalarni tabiiy
ravishda rivojlantirish bazasi va ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi sanaladi.
Monologik nutqqa to‘xtaladigan bo‘lsak, bolalarda monologik nutqni muntazam
o‘qitish taxminan 5 yoshdan boshlanadi. Ammo bunga tayyorgarlik bola hayotining
ikkinchi yilida ya’ni bolalarni o‘qish va sanoq she’rlarni yodlash
jarayonida amalga
oshadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 4 yoshdan boshlab monologning tavsiflash va
bayon qilish turlarini qo‘llashga, 7 yoshdan boshlab esa qisqa mulohaza yuritishga ega
bo‘lishadi. Maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalarni dialogik muloqoti
negizida nutqning yangi shakli – monologik nutq tug‘iladi. Bunda bolaninig o‘z
shaxsiy
fikrlari, his tuyg‘ulari, atrof muxit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi
natijasida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shaklida bo‘ladi. Hikoyada albatta
bolani lol qoldiradigan va uni hayajonga solagan biror bir voqea – hodisa aks etadi.
Ravon nutqni rivojlantirishda maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki
shaklini ya’ni dialogik va monologik shaklini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Dialog bu - ikki yoki undan ortiq so‘zlovchining biror bir vaziyat bilan bog‘liq
mavzudagi fikrlar almashinuvidir.
Dialogik nutqda, yuklamalardan foydalanilgan