Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 163,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.06.2023
ölçüsü163,94 Kb.
#124936
1   2   3   4
238-241

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
 

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
240
 
berish, voqealar to‘qish va bundan tashqari shaxsiy tajribadan so‘zlab berishga 
qiziqishni namoyon qiladilar. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, 
voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi so‘z ijodkorligini muhim 
ahamiyat kasb etadi. Nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi
ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar so‘zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar 
sezilmasdan qoladi. Nutqda aniqlangan kamchiliklarni tarbiyachi maxsus daftarga qayt 
etib borishi, so‘ngra reja ishlab chiqadi va ularni bartaraf etishga doir ishlarni amalga 
oshirishi zarur. Bolalar aniq va tushunarli so‘zlaydigan, iboralar, so‘zlar va har bir 
tovushni alohida alohida aniq talaffuz etayotgan ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lgan 
pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvofaqiyatli ravishda o‘zlashtiradilar. 
Ko‘pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo‘lib qoladi, ular 
tovushlar va so‘zlarni og‘izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar ayrim 
tovushlar esa yutib yuborladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi. Buning natijasida 
esa bunday nutqni tinglash davomida tez toliqib qoladilar, boshqa tomonlarga 
qaraydilar, chalg‘iy boshlaydilar, keyinroq esa umuman tinglamay qo‘yadilar. Nutqda 
hissiy fikrlarning eng nozik qirralarini ham ifodalash mumkun. Bunga nafaqat tegishli 
so‘zlar yordamida balki ifodalilikning intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati, 
mantiqiy urg‘usi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to‘g‘ri foydalanish tufayli erishiladi. 
Ushbu vositalardan foydalangan holda tarbiyachi tomonidan o‘qib berilgan she’rlar, 
ertaklar, hikoyalar, bolalarga ularning mazmunini yaxshi tushunish o‘z tilining qudrati 
va go‘zalligini his qilish imkonini beradi. Bir hil ohangdagi nutq kichik tinglovchilarni 
toliqtirib qo‘yadi, matn mazmuniga bo‘lgan qiziqishni susaytiradi. Tarbiyachining 
nutqi emotsional to‘liq, intonatsiyalarga boy, yetarli darajada baland va tezligi bir 
maromda bo‘lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etib 
bo‘lmaganidek nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agarda nutq 
biroz ohista sur’atda davom etsa u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at esa nutqning 
aniqligini oshirishi mumkin va aksincha bo‘lsa tezlashtirilgan nutq qabul qilishni 
qiyinlashtiriladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan ertaklar, hikoyalar, she’rlarni badiiy so‘z 
ustalari odatda, og‘zaki nutqqa qaraganda biroz sekin sur’atda o‘qiydilar. Bu esa o ‘z 
navbatida bolalarga sekinlashtirilgan nutqni qabul qilish orqali uning mazmunini 
kuzatish, matnni eslab qolish imkonini beradi. 

Yüklə 163,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin