I.BOB.JISMONIY TARBIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY FAOLIYATLARINING SHAKLLARI VA TURLARI 1.1.Boshlang‘ich sinf jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya tadbirlarining maqsadi Sog‘lomlashtirish, Jismonan rivojlantirish. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya tadbirlarining vazifasi esa Hayotiy zarur harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, Jismoniy mashqlarga o‘rgatish. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya tadbirlari Jismoniy tarbiya darslari hamda, Jismoniy tarbiyadan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflarda Jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarni Jismoniy mashqlarga o‘rgatish masalalarini hal etadi. Darslar Harakatli o‘yinlar, Yengil atletika, Kross tayyorgarligi, Ginastika mashqlari shaklida o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarga Ertalabki badan tarbiya, Dars davomida jismoniy mashqlar, Katta tanaffuslardagi harakatli o‘yinlar, Umumiy jismoniy tayyorgarlik va Sport to‘garaklari mashg‘ulotlari, Sport musobaqalari va bayramlari kiradi. Jismoniy tarbiyadan maktabdan tashqari ishlarga o‘quvchilarning Sayyohlik yurishlari, Turizm, Sport maktablaridagi Sport mutaxassislik mashg‘ulotlari, Yashash joylari va Oilada jismoniy tarbiya tadbirlarini kiritish mumkin. Jismoniy tarbiyadan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar davomida Sog‘lomlashtirish, Jismonan rivojlantirish, Harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, Jismoniy tarbiya va Sportni ommaviylashtirish tadbirlari bajariladi.
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Pedagogika Kollejlarining Boshlang‘ich sinfda Jismoniy tarbiya bo‘limi hamda Oliy o‘quv yurtlarning Boshlang‘ich ta’lim, Sport, tarbiyaviy ish fakultetlarida ta’lim olgan va O‘rta maxsus ta’lim yoki Bakalavr diplomiga ega bo‘lishlari kerak. O‘rta maxsus ta’lim diplomiga ega bo‘lgan mutaxassis ish faoliyatidan ajralmagan holda Jismoniy tarbiya yoki Boshlang‘ich ta’lim, Sport, tarbiyaviy ish mutaxassislik Bakalavri bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim olishi zarur.