Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 459 Kb.
səhifə5/25
tarix10.01.2023
ölçüsü459 Kb.
#78866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
401-27

Jismoniy tarbiya - aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini o‘zgarishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya-pedagogik jarayon, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyat hayot sharoitlari, ov jismoniy tarbiya vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lgan. Insonning ibtidoiy jamoa davridanoq yashash uchun kurashga, jamoada o‘z o‘rnini topishga hamda ov qilishda jismoniy harakatlar qo‘l kelgan. Ongsiz ravishda bo‘lsa ham odamlar o‘zlarining jismoniy sifatlari tezkorlik, kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar.
Jismoniy barkamollik - har tomonlama rivojlanishning, harakatlarga tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush sharoitlariga moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini ta’minlaydi. Jismoniy barkamollik tushunchasini yana shunday izohlash mumkinki, bu insonni har qanday sharoitda ham og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish qobiliyati bilan birga o‘zida ahloqiy sifatlar, insonparvarlik, onglilik hamda jamoatchilik xislatlarini o‘zida mujassam bo‘lishidir.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Millatning jismoniy madaniyat va sport sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa aholini hamma qatlamini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari, jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis kadrlar yetarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi.
Sport – inson jismoniy barkamolligini ta’minlovchi vosita bo‘lib, bir xil shakldagi jismoniy mashqlar va xarakatlar majmu’idir. Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport vositasida amalga oshiriladigan jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini tayyorlash” termin ham qo‘llaniladi. Bularning tushunchasi bir-biriga juda yaqin, biroq bir xil emas. Sportchini tayyorlash-kengroq tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lish va buni oshira borishni ta’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Talabalarning o‘quv, uslubiy-ilmiy faoliyatini tashkil etish.

Oliy o‘quv yurtlari hayotida o‘qitish jarayonining turli shakllari bilan bir qatorda, ilmiy-tekshirish ishlariga ham katta ahamiyat beriladi. Chunki, o‘quv jarayonini boshqarishni ilmiy ishlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bitiruv malakaviy ishlar va Magistrlik ishi yozish hamda magistrlarni ilmiy faoliyati shular jumlasidandir.
Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat bakalavri mutaxasisslik fanidan Bitiruv malakaviy ish tayyorlaydilar. Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat Magistri ham mutaxasisslik fanlaridan Magistrlik ishi tayyorlaydilar. Bitiruv malakaviy ish hamda Magistrlik ishlari talabalarni ilmiy ishlarga jalb etishning va ularni ilmiy faoliyatini boshlashning bosh omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishlar mutaxassislik fanini dolzarb muammolarni yoritishga, mavzuni ilmiy uslubiy asoslarini tahlil etishga qaratilgan bo‘lib, hal etilgan natijalardan Ta’lim hamda ishlab chiqarish sohalarida foydalanish tavsiya etiladi. Bitiruv malakaviy ishlari mavzulari ta’limda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini amalga oshirishga oid ilmiy tadqiqot yoki ilmiy uslubiy ishlar yo‘nalishida bo‘lishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishni, bitiruvchi talabalar, ilmiy rahbar hamda ilmiy maslahatchilar yordamida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish 50-70 sahifa hajmda bajarilib, mavzu, bajaruvchi talaba va ilmiy rahbar ismi familiyasi yozilgan sarlavha, reja, matn, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ish Yakuniy davlat attestatsiyada himoya etiladi. A’lo bahoga himoya etilgan, bitiruv malakaviy ish, magistrlik ishi sifatida davom ettirilishi hamda talaba magistraturada o‘qishga tavsiya etilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishlar kafedrada 3 yil muddatda saqlanadi.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat magistri ta’lim tarbiya olish jarayonida ilmiy pedagogik amaliyot o‘tadilar. Magistrlik ishi yozadilar. Magistrlik ishi mavzusi 1-o‘quv yilida tasdiqlanib, ilmiy rahbar belgilanadi.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin