Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishning samarali usul va shakllari



Yüklə 459 Kb.
səhifə21/25
tarix10.01.2023
ölçüsü459 Kb.
#78866
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
401-27

Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishning samarali usul va shakllari fani bo‘yicha magistr quyidagi tushuncha va tasavvurlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak. Pedagogika va psixologiyaning asosiy qonuniyatlari. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qaror va farmonlari hamda nizomlarining ahamiyati. Jismoniy fazilatlarni takomillashtirish va rivojlantirishning vosita uslub va shakllari. Jismoniy fazilatlarni takomillashtirishda sport moddiy texnika bazasining holati, jismoniy fazilatlarni rivojlanishini yosh xususiyatlari. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda qo‘lbola jihozlardan foydalanish. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishning amaliy va reyting usulida nazorat qilish. Jismoniy fazilatlarni rivojlantiruvchi mashqlar va komplekslar. Umumiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirish, tashkil etish. Jismoniy fazilatlarini rivojlantirishning yangi pedagogik texnologiyalari va yetuk mutaxassislarining tajribalari. Jismoniy tarbiya va sport jarayoni nazariyasi va amaliyoti muvofiqligi. Organizm rivojlanishi yosh xususiyatlari va jismoniy yuklamalarni boshqarish ta’lim tarbiya jarayonini faollashtirishni samarali uslublari. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishini qizlar, o‘smirlar. Bolalarda yoshi va psixologik xususiyatlari jismoniy fazilatga mos ravishda jismoniy yuklamalarni me’yorlash uslublari jismoniy fazilatlarni rivojlantirish jarayonida ta’limning texnik vositalaridan samarali foydalanish.
Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketing fani bo‘yicha magistrlar quyidagi tushuncha, tasavvur, bilim malakalarga ega bo‘lishi kerak. Sport marketingini tashkil etish maqsadi va vazifalari hamda xususiyatlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sport marketingini boshqarish. Sport jihozlaridan, sport xizmatlaridan foydalanish. Sportda xomiylik, vasiylik va litsenziyalash. Sport marketingida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish. Jismoniy tarbiya va sportda mablag‘ bilan ta’minlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya va sportda menedjment. Jismoniy tarbiya va sportda reklama, targ‘ibot va tashviqot tadbirlari. Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketingni huquqiy, moddiy, texnik va tashkiliy asoslari. Jismoniy tarbiya va sportda menedjment va marketing tizimini rejalashtirish, boshqarish va foydalanish.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin