3.2.O‘qitish jarayoninig kasbiy yo‘naltirilishiga asosiy talablar Ba’zi mualliflar tomonidan aniq belgilangan. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Har qanday fanni o‘qitishda yo‘nalishning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish.
2. Ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining yo‘nalishlarning asosiy fanlari o‘qituvchilari bilan o‘zaro aloqasini amalga oshirish.
3. O‘qitishda maktab o‘qituvchilarining ish tajribalaridan keng foydalanish.
4. Zarur xollarda tavsiyalarning maktab dasturlarining mazmun jihatidan kelib chiqib mavzuni bayon qilish uslubi bo‘yicha ham qiyosiy taxlilini amalga oshirish.
5. Fanlarning maxsus yo‘naltirilganligi.
6. Mahoratni egallash sharoitlarida talabalarni faol mustaqil faoliyatga undash.
7. Talabalarni ilmiy-pedagogik ishga keng jalb etish.
8. Ma’ruza o‘qiladigan fanlarning paralelligini bartaraf etish.
Pedagogik amaliyot muammosi mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning o‘ziga xos shakli sifatida ko‘plab olimlar, pedagoglar diqqatining predmetidir.
Adabiy manbalarning taxlili pedagogik amaliyot talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarligini oshirish uchun zahira imkoniyatlari bo‘lgan eng qulay bosqichi ekanligini ko‘rsatmoqda. Pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning kasb egasi mutaxassisi sifatida shakllanish jarayoni ya’ni, nazariy bilimlarni chuqur va ongli o‘zlashtirishlari, pedagogik tajriba va ko‘nikmalarning shakllanishi, ijodiy va kasbiy qobiliyatlari, pedagogik fikrlash kabi kasbiy sifatlari faollashadi.
O.A.Abdulina fikricha: «Amaliyot talabalarning bo‘lajak faoliyatiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda o‘tkaziladi, amaliyot davri esa amaliy faoliyat mantiqi bo‘yicha tashkil etiladi. Amaliyot davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy ishini aniq pedagogik foliyatga optimal darajada adekvat qilib modellashtirish zarur».
Bir qator mualliflar talabalarga ular ham oliy o‘quv yurtida o‘qigan paytlarida bilimlar, tajriba va ko‘nikmalarni olishlarga har tomonlama yordam berish kerak deb hisoblaydilar. Ularning tayyorlik darajasini aniqlovchi birinchi sinovi pedagogik amaliyotdir. Mualliflarning fikrlariga ko‘ra, mustaqil ishga tayyorgarlik amaliyotning oliygohda qanday tashkil qilinganligi, uning o‘tishi jarayonida talabalarga qanday talablar qo‘yilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida R.S.Safin pedagogika oliygohlarining bitiruvchilari o‘qituvchiga zarur bo‘lgan u yoki bu qobiliyatni aks ettiruvchi bir qator tajribaga ega bo‘lishlari kerakligini ta’kidlaydi. Ular orasida konstruktiv (jismoniy tarbiya va sport vositalarini tanlash va rejalashtira olish qobiliyati), gnostik-bilim (o‘qituvchilarni faoliyatlarini taxlil qila olish) qobiliyatlari eng muhim deb xisoblagan. Hozirgi zamon talablarini hisobga olganda pedagogik oliygohlarining pedagogik faoliyati yanada murakkab va ko‘p tarmoqli bo‘lib bormoqda. Masalan, yangi o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari kiritilmoqda, yangi fanlar joriy etilyapti, o‘qitish va tarbiyalashning shakl va usullari ishlab chiqarilmoqda va modernizatsiyalashtirilmoqda.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar, pedagogik amaliyot masalalari bilan shug‘ullanar ekanlar (23, 69, va boshqalar) o‘qituvchini tayyorlashning umumiy tizimda pedagogik faoliyatning vazifalarining ko‘p turliligiga amal qilish zarur deb hisoblaydilar.
Umumpedagogik tayyorgarlik ta’lim vazifasi bilan birga tarbiyaviy (kasbiy fikrlashni rivojlantirish, o‘qituvchi shaxsini shakllantirish), rivojlantirish (kasbiy fikrlash va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish); muvofiqlashtirish (fanlararo aloqalarni o‘rnatish) vazifalarini bajaradi. Shu bilan bir vaqtda amaliyotning o‘qituvchi, ta’lim beruvchi va tashxis qo‘yuvchi (pedagogik faoliyatiga yaroqliligini aniqlash) vazifalarini ham ajratib ko‘rsatadilar.
O‘qituvchining kasbiy tayyorlashda pedagogik amaliyotning rolini tadqiq qilgan mualliflar (13, 23, 63, 70) amaliyot ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi ijodiy, majmuaviy, faol va uzluksiz tavsifiga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadilar.
Ayrim mualliflarning (63, 69) fikriga ko‘ra, umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ishlarni olib borish tajribasida xozirgi zamon talablaridan ma’lum darajada orqada qolish kuzatilmoqda. Buning sabablaridan biri, muallifning fikricha, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar sonining yetarli emasligidadir.
M.Ya.Vilenskiy (14) kasbiy yo‘naltirilganlik talabalarning o‘qituvchi-tarbiyachi kasbiga pedagogik ishtiyoq va qobiliyat asosida har tomonlama qamrab oluvchi qiziqishni nazarda tutadi deb hisoblaydi. O‘quv dasturining ayrim boblarini chuqurlashtirib o‘rganish uchun mo‘ljallangan uslubiy va semenar mashg‘ulotlarida, shu jumladan, kasbiy tayrgarlik bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarida ham talabalarga o‘quvchilarga jismoniy bilim va ko‘nikmalarni xosil qilishlariga yordam bera borib, ularning maksimal darajadagi yuqori ijodiy mustaqilligini rivojlantirish kerak.
L.V.Volkovning fikriga ko‘ra, jismoniy tarbiya bo‘yicha zamonaviy mutaxassisni yaxshilab tayyorlash uchun o‘quv tarbiya jarayonini takomillashtirish, talabaning tashkilotchilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘proq ahamiyat berish, o‘quv guruhidan eng maqbul va ma’naviy ruxiy iqlimga birinchi darajada diqqat qaratish zarur.
V.V.Golubev (35) tadqiqotlar asosida jismoniy madaniyat bo‘yicha mutaxassis modeli asosida uning bo‘lajak kasbiy faoliyati zamin bo‘lishi kerakligini aniqladi. Faoliyat modeli jismoniy tarbiya oliygohlarida mutaxassislarni kasbiy tayyorlash jarayonida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan eng ahamiyatli taraflarini belgilash imkonini beradi.
I.V.Serapegina jismoniy madaniyat fakultetlarida talabalarni kasbiy pedagogik tayyorlash tizimida shakllangan qoidalarni, negizlarni jiddiy kamchiliklarga ega, deb hisoblaydi. Nazariyaning asosiy qoidalariga sun’iy va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatining har birini «model pedagogi»ning vazifalari bilan solishtirish, zamonaviy o‘qituvchidan bu faoliyatning hamma asosiy o‘quv kurslari va fanlarining mazmunini hamda shuningdek pedagogik amaliyot dasturiy mazmunini ishlab chiqishda mo‘ljal bo‘lishi kerak bo‘lgan belgilovchi turlarini hisoblab chiqarish mumkin.
Shunday qilib, xalq ta’limi masalalari bo‘yicha eng yangi qarorlarning, shuningdek yetakchi pedagog olimlarning asarlarini taxlili o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish bizning mamlakatimizda davlat ahamiyatidagi masala va bu masala bundan keyingi ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga muxtojligi, o‘qituvchilarni tayyorlashning ko‘pgina jihatlari xaligacha yetarli darajada o‘rganilmaganidan dalolat bermoqda
Bitiruv malakaviy ishimizda sport mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari hamda sport mashg‘ulotlari tashkil etish shakllari va uslublari tahli etilgan.
Sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etishda bir necha talablarga rioya qilinadi. Sport turlari mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun zaruriy jihoz, joy va maydonlar tayyorlanadi. Sport mashg‘ulotlariga tibbiy nazoratdan ijobiy natijalar bilan o‘tgan bolalar guruhi saralanadi. Sport mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalar, texnik va taktik tayyorgarlik masalalarining xaftalik hajmi rejalashtiriladi. Sport mashg‘ulotlarining shug‘ullanuvchilar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga muvofiq yillik rejalari ishlab chiqiladi.
Sport mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari sport turlari bo‘yicha mutaxassislik mashg‘ulotlari yordamida:
jismoniy rivojlantirish,
sog‘lomlashtirish,
sportda yuksak natijalarga erishish.
Sportchilarning tayyorgarliklari umumiy va maxsus tayyorgarlik turlariga bo‘linadi.
Umumiy tayyorgarliklarda sportchilar sport turlari bo‘yicha nazariy, ma’naviy, ahloqiy va uslubiy tayyorgarlik turlariga bo‘linadi.
Nazariy bilimlar egallashda sport turi tarixi, sport turi qonun qoidalari, texnik va taktik va jismoniy tayyorgarlik xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Sport maydonlari va zaruriy jihozlar hamda ulardan foydalanish shakllari o‘rganib boriladi.
Hakamlik tayyorgarligida sport turi bo‘yicha musobaqalar qonun qoidalari, hakamlik usulublari, me’yoriy hujjatlari bo‘yicha bilimlar olinadi. Sportchilarning hakamlik qoidalarini o‘rganishni hamda sportdagi natijalarni taxlil etib borishni o‘rgatadi.
Ahloqiy va ma’naviy tayyorgarlik jarayonlarida sportchilar mashg‘ulotlar va musobaqalar jarayonlarida o‘zlarini tuta bilishlari, ustoz va jamoadoshlariga hamda raqibiga va xakamlar hay’atiga xurmatda bo‘lish kabi ahloqiy sifatlar shakllantiradi. Sportchilarning ma’naviy va estetik dunyoqarashlari shakllantiriladi, ahloqiy sifatlari tarbiyalab boriladi.
Har tomonlama mukammal tayyorgargarlikka ega bo‘lgan sporchilari sport turlarida yuksak natijalarga erishishlari mumkin.
Sportchilarning maxsus tayyorgarliklari jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikdan iborat bo‘ladi.
Jismoniy tayyorgarlik jarayonlariga jismoniy fazilatlar, kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik fazilatlarni takomillashtirishdan iborat bo‘ladi.
Texnik va taktik tayyorgarlik jarayonlariga sport turlari harakatlarining texnikasi va taktikasi shakllantiradi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning noan’anaviy uslublariga jismoniy fazilatlarni, texnik va taktik harakatlarni, mustaqil mashg‘ulotlarni takomillashtirib berish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonlarida maxsus qo‘lbola moslamalardan va buyumlardan hamda sherigini qarshiliklari bilan bajariladigan mashqlardan keng foydalaniladi.
Shuningdek, mashg‘ulot jarayonlari tarkibini tuzish, jismoniy yuklamalarni me’yorlashda muayyan o‘zgartirishlar kiritiladi.
Yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda asosiy e’tibor trenirovka mashg‘ulotlari tamoyillaridan keng foydalanishdir. Bunda sportchilarni har tamonlama yetuk qilib tarbiyalash hamda sportda yukasak natijalarga erishish hisoblanadi.
Sportchilarni har tmonlama yetuk qilib tarbiyalashda ularning texnik va taktik tayyorgarligi, jismoniy rivojlantirilishi hamda ma’naviy, ahloqiy barkamol bo‘lib yetishishlariga katta e’tibor beriladi. Texnik tayyorgarlik sport mashqlarini va harakatlarini samarali va muvaffaqiyatli bajarish qobiliyati hisoblanadi.
Trenirovka qonuniyatlari sport turlarida yuksak natijalarga intilishdir. Bu jarayonlar sportchining trenirovka mashg‘ulotlarida muntazam va faol ishtirok etishi, doimo o‘zini nazorat qilib borishi va sport formasini yuqori ko‘rsatkichda bo‘lishi bilan ta’minlanadi.
Sportchining yuksak natijalariga intilishlari ularni dastlabki mutaxassislik bosqichidan boshlanadi va navbatdagi bosqichlarda bu maqsad uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik darajalari takomillashtirib boriladi.
Sportda yuksak natijalarga erishish hamda bu jarayonlarda umumiy va maxsus tayyorgarlikni to‘g‘ri tashkil etish trenirovka mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak.
Ilovalar