talabaga mavzuni tanlash, ishni bajarishda kurs ishi mavzui va tarkibiy tuzilmasi tasdiqlangan sо‘ng belgilangan vazifalarni ishlab
chiqishga kо‘maklashishi;
talabani mavzu bо‘yicha ilmiy izlanishda zarur bо‘ladigan manba va adabiyotlarni izlashga yо‘naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda qо‘llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi;
talabaga muntazam maslahat berib borishi, kurs ishini reja asosida bajarilishini nazorat qilishi;
talabaga himoya qilish jarayoniga kirish sо‘zi va taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur bо‘lgan yordamni kо‘rsatishi;
belgilangan vaqt davomida kurs ishining bajarilishini ta’minlash;
kurs ishi xaqida yozma xulosa berishi lozim.
Talaba muntazam ilmiy rahbar tomonidan belgilangan hamda kurs ishini tayyorlash jadvali(ilovada kо‘rsatiladi) qayd qilingan vaqtlarda olingan natijalar haqida hisobot berib borishi lozim.
Talabaning ilmiy rahbar kо‘rsatmalarini bajarmasligi yoki sababsiz maslahatlarga kelmasligi kurs ishiga rahbarlikdan voz kechishga asos bо‘ladi.
Talaba kurs ishini о‘z muddatida bajara olmasa, imtihonlarga kiritilmaydi va shuningdek, keyingi kursga ham о‘tkazilmaydi.
4. Kurs ishini bajarish jarayoniga tayyorgarlik Kurs ishini bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan mavzuning о‘rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar, monografiya va о‘quv qо‘llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan boshlanadi.
Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu muammoga taalluqli bо‘lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi.
Yozib olingan ma’lumotlar kо‘pchilik hollarda materialni qayta ishlash va guruhlashda qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma’lumotlar chiqqan manba va adabiyotlarning qayeridan yozib olinganligini aniq kо‘rsatish talab etiladi.
Manba va adabiyotlar о‘rganilib bо‘lgach esa, kurs ishining tо‘liq rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan bilan kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bо‘lingach tuziladi va u ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan о‘zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.