Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika



Yüklə 50,92 Kb.
səhifə1/7
tarix09.05.2023
ölçüsü50,92 Kb.
#110012
  1   2   3   4   5   6   7
курс иши мет.қўлланма


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA PEDAGOGIKA


KAFEDRASI


Maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlaridan kurs ishini bajarish va ximoya qilishga doir


Metodik Qо‘llanma

Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha


Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5110800 – Maktabgacha ta’lim


Andijon -2019

Ushbu metodik qo`llanma tasdiqlangan fan dasturiga asosida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:


I.Oxunov – ADU, Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi;
Sh.Turdiyeva – ADU, Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi.



Taqrizchilar:







M.Artikova



ADU, “Maktabgacha pedagogika” kafedrasi dotsenti, p.f.n.;

F.Qo’chqarova



AVXTXQTMO hududiy markazi Maktabgacha boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri pedagogika fanlari doktori (Phd).



Metodik qo`llnma Andijon davlat universiteti Kengashining 2019-yil ___ -_____dagi ___-son yig’ilishida ko’rib chiqildi va foydalanishga tavsiya etildi.

mundarija


kirish ..................................................................................................................4
1. Kurs ishini bajarishning maqsad va vazifalari ........................................ 8
2. Kurs ishlarini bajarish bо‘yicha metodik tavsiyalar .............................. 9-10
3. Kurs ishini tayyorlashda ilmiy rahbar vazifalari va talaba
majburiyatlari ............................................................................................... 10-11
4. Kurs ishini bajarish jarayoniga tayyorgarlik ............................................. 12
5. Kurs ishining tarkibi va mazmuni ...........................................................12-15
6. Kurs ishining rasmiylashtirilishi ............................................................ 16
7. Kurs ishini taqrizchilarga taqdim etish ..................................................... 17
8. Kurs ishini baholash mezonlari ...…....................................................... 18-19
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................... 20
ilovalar ......................................................................................................... 21


kirish
Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarni tayyorlash tasniflagichiga kо‘ra 5111800 – Maktabgacha ta’limi yо‘nalishi bо‘yicha talabalarning maktabgacha pedagogika va metodika fanlari bо‘yicha tayyorlash va himoya qilish jarayonlari kiradi. Ushbu metodik tavsiyanoma 5111800 – maktabgacha ta’limi yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qо‘yiladigan malaka talablari asosida asosida tuzilgan.
Kurs ishlarini о‘tkazishdan maqsad - 5111800 – Maktabgacha ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha talabalarni bilim darajalarini malaka talablari darajasiga muvofiqligini ta’minlash hamda kasbiy pedagogik masalalarni yechish asosida ularning amaliy va nazariy tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat.
Kurs ishlari talabalarning eng avvalo, erkin fikrlay oladigan, izlanuvchan, о‘z ishiga ijodiy yondasha oladigan, yangilikka intiluvchan shaxs sifatida tayyorlashga yо‘naltirilgan. Kurs ishlarini bajarishdagi talabalarning bajargan ishlarini baholash mezonlari kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy metodik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kurs ishlar mavzulari kafedra tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, shuningdek, maktabgacha ta’limga zamonaviy yondoshuvlar, fan, pedagogik texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bо‘lg‘usi tarbiyachi - pedagoglarning kurs ishlari bо‘yicha muammo yechimi yuzasidan pedagogik tadqiqot ishlarini amalga oshirish va olingan natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim.
Kurs ishida bakalavr umumkasbiy fanlar bо‘yicha bilimlarni qо‘llanilishini talab qiladigan, tugallangan kasbiy pedagogik topshiriqni yechadigan va pedagogik texnologiyalarni о‘quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etishni talab qiladi.
Bu ishda bakalavr:
-yechilayotgan mavzu bо‘yicha muammo holatining mazmuni va bu masalaning tahlilini mavjud va yangi adabiyotlarga tayangan holda beradi;
-kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, mavzuni ochib berish yо‘lini aniqlaydi;
-muammo yechimi bо‘yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni о‘quv-tarbiya jarayonining mos sohalarida qо‘llash imkoniyatini aniqlaydi.
Talabaga kurs ishning topshirig‘i, odatda, u kurs ishining mazmunidan kelib chiqqan holda beriladi.
Kurs ishini himoya qilishda attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibidan belgilanadi.
5111800 – Maktabgacha ta’limi yо‘nalishi bо‘yicha kurs ishining himoyasiga metodik talablarni tо‘liq bajargan va mavzuda nazarda tutilgan muammoning yechimini muvaffaqiyatli aniqlagan hamda kurs ishini qonun-qoida bо‘yicha rasmiylashtirgan talabalar qо‘yiladi.
Kurs ishlar bо‘yicha о‘zlashtirish kо‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi hamda attestatsiya komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan sо‘ng shu kunning о‘zida e’lon qilinadi.
Taqdim etilayotgan mazkur metodik qо‘llanma talabalarga kurs ishlarni tayyorlash va ularni himoya kilish jarayonida zaruriy manba bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qо‘llanma asosida talabalar kurs ishlarining mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi shuningdek, kurs ishining mazmuni va tarkibiy tuzilishi, rasmiylashtirish hamda tayyorlash ketma-ketligi bо‘yicha ularga qо‘yiladigan umumiy talablarni aniqlab oladilar.
“О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2015 yil 25 avgustdagi № 246 sonli О‘zbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradaorligini va sifatini oshirish bilan bog‘liq о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risi”dagi qaroriga asosan Oliy ta’lim muassasalari professor- о‘qituvchilari tarkibining о‘quv, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalariga muvofiq ravishda tuzildi.
Bir kurs ishi uchun 2 soat.
Bir professor о‘qituvchi bir semestr davomida, odatda,25 nafar talabaga (kо‘pi bilan 1-2 ta akadem gurux talabalariga) rahbarlik va maslaxat berishi mumkin. Kurs ishiga raxbarlik, kurs ishini ximoyaga taqdim etilganligi bilan aniqlanadi.
Kurs ishi ximoyasini о‘tkazish.
Bir kurs ishi ximoyasi uchun -0.6 soat. Bunda professor- о‘qituvchilarning kunlik ish soat xajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.
Kurs ishi ximoyasida kamida 2 nafar professor о‘qituvchi ishtrok etadi. Jami soatlar ximoyada ishtrok etgan professor – о‘qituvchilar soniga bо‘linadi va ularning о‘rtasida keng taqsimlanadi.
Professor- о‘qituvchilarning kurs ishi ximoyasini о‘tkazishda ishtrok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiradi.

Kurs ishining mazmsuni




Yüklə 50,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin