7. Kurs ishini taqrizchilarga taqdim etish Kurs ishiga obyektiv baho berish maqsadida unga muvofiq keluvchi yuqori ilmiy-amaliy salohiyatga ega bо‘lgan mutaxassislarning taqrizlari muhimdir. Har bir ish bо‘yicha kafedra yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqrizchi belgilanadi.
Taqrizchi – OTMning boshqa kafedralari professor-о‘qituvchilari, yoki muayyan ishda kо‘tarilgan muammo bо‘yicha yetakchi ilmiy va amaliy faoliyat olib boruvchi boshqa maktabgacha ta’lim muassasalari tarkibidan bо‘lishi mumkin.
Taqrizda talaba tomonidan tanlangan mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, unda qо‘yilgan maqsad va ifodalangan vazifalarga kurs ishi mazmunining mosligi, uning asosiy qiymatini belgilovchi, amaliy ahamiyati va olingan natijalarning ilmiy asoslanganligi, shuningdek, ishda yul qо‘yilgan asosiy kamchilik berilgan bо‘lishi lozim. Taqrizchi kurs ishining mazmuni va rasmiylashtirilishi bо‘yicha talaba mehnati natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur.
8. Kurs ishini baholash mezonlari
Kurs ishini asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
kurs ishining nazariy va amaliy masalalar bо‘yicha munozara yurita olinganligi, kafedra tomonidan tuzilgan komissiya a’zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarning tо‘g‘ri va chuqur ifodalanganligi.
Kurs ishi sessiya boshlanishiga 10 kun kolganda kafedraga topshiriladi, ilmiy ishlar bо‘yicha dekan muovini va fakultet dekani tasdig‘idan о‘tadi,shundan sо‘ng himoya etiladi.