Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi bo



Yüklə 15,67 Mb.
səhifə3/25
tarix13.11.2019
ölçüsü15,67 Mb.
#29578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
BINONING PLANI


37-rasm



Plan chizmaga gen planda qanday joylashgan bo„lsa, shu xolda chiziladi. Ko„p qavatli binolarning planlari varaqda pastdan tepaga yoki chapdan o„nga qarab joylashtiriladi. Planni varaqda joylashtirgan o„lcham chiziqlari sig„adigan qilib joylashtiriladi. Plan quyidagi ketma ketlikda chiziladi.

  1. Oldin bo„ylama koordinatsion o„qlar, so„ngra kundalang o„qlar o„tkaziladi. Bu o„qlar faqat og„irlik ko„taradigan devor va uchtunlardan o„tkaziladi. Ular qurilish koordinat to„riga bog„lash uchun va asosiy konstruksiyalarning xolatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Koordinatsion o„qlar shtrix – punktir chiziqlar bilan ko„rsatiladi. Chizma to„liq bajarilgandan so„ng bu o„qlarni faqat asosiy devorlar kesishayotgan qismida gina qoldiriladi. Binoning ko„ndalang joylashgan o„qlari arab sonlari 1,2,3,.... va x.k.lar bilan, bo„yalmasiga tushgan o„qlar rus xarflari A,B,V...lar bilan belgilanadi.

  2. Tashqi asosiy devorlarning konturlari va ichki asosiy devorlar bilan ustunlar ingichka (qalinligi 0,3 – 0,4 mm. da ) ko„rsatilgandek qilib chizib chiqiladi. O„qlar tashqi asosiy devorlarning o„rtalaridan, g„ishtli devorlarda 200 mm. yoki 100 mm. (modulga teng) qilib olinadi.

Ichki devorlarda simmetriya o„qi ko„pincha koordinatsion o„qlarga tushib qoladi. Karkasli binolarda ichki qator ustunlar kesimining geometrik markazi modulli bo„lingan o„qlarga tushib qolishi mumkin.

  1. Pardevorlarning tashqi chiziqlari ingichka chiziqda chizib chiqiladi. U xolda asosiy tashqi va ichki devorlarning pardevorlar bilan farqiga va ulanishiga e‟tibor berish kerak.

  2. Oyna va eshik uyiklarini belgilab chiqib, asosiy devor konturi kerakli qalinlikda yurgizib chiqiladi. Oyna eshiklarning shartli belgilari Gost 21.107-78 ga ko„ra bajariladi.

  3. Zinapoyalar, sanitariya texnika jixozlari shartli belgilar orqali ko„rsatiladi. Eshik ochilishi yo„nalishi ko„rsatiladi.

  4. Ichki va tashqi o„lcham chiziqlari va marka qo„yiladigan doirachalar chiziladi. Birinchi ichki yoki tashqi o„lcham chizig„i asosiy devordan 10mm. dan kam bo„lmagan uzoqlikda chizilishi kerak. Keyingi o„lcham chiziqlari 7mm. oraliqda chiziladi. Marka qo„yiladigan doirachalar oxirgi o„lcham chizig„idan 4mm. oraliqda qo„yiladi.

  5. Kerakli o„lchamlar, o„qlarning markalari qo„yib chiqiladi. Oldin oyna va eshik uyiqlarining o„lchamlari, keyin asosiy devor o„qlarining, kolonnalar o„qlari orasidagi o„lchamlar ko„rsatiladi.

Ishlab chiqarish binolarida o„lchamlar bilan birga polning qiyaligi ham ko„rsatiladi. Kanallarning o„lchamlari va bog„lanishi ham ko„rsatiladi.

  1. Kerakli yozuvlar yoziladi.

Ishlab chiqarish binolarining planida xonalarining nomi, yongin va portlash ro„y berishi mumkin bo„lgan maydonlar ham ko„rsatiladi. Xonalarning nomlari d = 6 – 8 mm.li doirachalar ichiga yozilgan raqamlar bilan belgilanib, eksplikatsiyada ko„rsatish mumkin. Planlarning tepasida bu planning nomi ko„rsatiladi. Ko„p qavatli binolarning, agar har xil planli bo„lsa, xar bir qavatining plani aloxida ko„rsatiladi.

  1. Qirqim ko„rsatilgan kesuvchi tekislik ko„rsatiladi. Bu tekisliklar ajratib qo„yilgan qalin shtrix chiziq (qalinligi 1mm.) va strelka bilan ko„rsatiladi. Kesuvchi tekisliklar rus alfavitining xarflari bilan yoki raqamlar bilan belgilanadi. Qavatlar planining chizmasi konstruktiv elementlarning (durodgorchilik maxsulotlari va x.k.) spesifikatsiyasi, garderob jixozlari spesifikatsiyasi, xonalar eksplikatsiyasi, aloxida xonalarning xisob – kitob bilan beriladi.

Kerak bo„lganida maxsus planlar chiziladi, ya‟ni devorlarning montaj qilish plani. Bu planda ham binoning koordinatsiya o„qlari, oyna va eshik uyiqlari, zina uzel va fragmentlarning kesuvchi tekisliklari, polning belgisi, devor va pardevorlar qalinligi ularning koordinatsion o„qlarining bog„lanishi ko„rsatiladi (38-rasm).

38-rasm

G„ishtli va mayda blokli binolarning taxlash planlari beriladi. Bunday planlarda ham oyna va eshiklarning, ular orasidagi devorlarning o„lchamlari o„q chiziqlariga yoki bino konstruksiyalariga bog„lab beriladi.

Kolonna kesimlari, ustunlar v.x.k. elementlar ko„rsatiladi. Uyiqlar, kanallar, ventkanallar, mo„rilar o„q chiziqlariga yoki bino konstruksiyalariga bog„lab ko„rsatiladi. Oyna va eshiklarning markalari, g„ishtli binolarda armaturalangan maydonlar ham ko„rsatiladi. Planda xonalarning nomi va yuzasi ko„rsatiladi. Pardozlash ishlarining plani aloxida ko„rsatiladi. Bu planda xonalar yuzasi, oyna, eshiklarning markalari, qurilgan shkaflar, antresollar va x.k.lar ko„rsatiladi. Pardozlash planlari pardozlash xisob-kitoblari ko„rsatiladi (39-rasm).





Yüklə 15,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin