3.YIG’MA POYDEVORNING YOYILMASI.
Poydevorlar va texnik yerto„lalarning devorlari yirik bloklardan ishlanganda maxsus chizmalar qilinadi. Bu chizmalar yig„ish sxemalari va yoyilmalardan iborat bo„ladi. Yoyilmada bloklarning joylashishi va konturi, ularning markalari ko„rsatiladi. Yoyilmadagi blokning konturi 0.6 – 0.8 mm.li ingichka diagonal chiziqlar bilan ko„rsatiladi. Gidrozolyatsiya 0.6 0.8 mm.li tutash chiziq bilan ko„rsatiladi. Poydevor yoyilmasida yig„ish ishini osonlashtirish uchun kerakli hamma o„lchamlar ko„rsatiladi (41-rasm).
4. POLNING PLANI
Agar bino poli xar xil turda bo„lsa, u xolda polning plani chiziladi.
Polning planida tashqi va ichki devorlar soddalashtirilgan xolda ko„rsatiladi. Devor konturlari 0.5 – 0.6 mm. da agar pol har xil konstrutsiyadan bo„lsa, xonalar chegarasi ikkita nuqtali shtrix chiziq 0.3 – 0.4 mm da ko„rsatiladi. Polning konstruksiyasi raqam bilan belgilanib, diametri 5 mm. li doirachalarga yoziladi. Polning plani chizilgan varaqga polning turini aniqlaydigan eksplikatsiya ham joylashtiriladi (42-rasm).
Dostları ilə paylaş: |