2. POYDEVORLAR PLANI.
Gorizontal tekislikning poydevor bo„ylab kesilgan qirqimi poydevor plani deyiladi. Bu planda poydevorning asosiy devor tagidagi konfiguratsiyasi, aloxida turgan ustunlar va texnologik jixozlar ko„rsatiladi. Bunday planlar 1:100, 1:200, 1:400 masshtablarda bajariladi. Fundamentning bosh chiziqlari 0,5 – 0,8 mm. da bajariladi. Planda poydevor tagi, injenerlik kommunikatsiyasi uchun qoldirilgan uyiqlar ham ko„rsatiladi (40-rasm).
40-rasm
Ba‟zi xollarda poydevor planida uyiqlarning ketma – ket nomeri ko„rsatiladi. Poydevorning chuqurligi geodezik belgi bilan ko„rsatiladi. Poydevorning konstruksiyasi haqidagi to„liq ma‟lumotni uning ko„ndalang ko„rsatadi.
Fundament kesimi 1:50, 1:25, 1:20 masshtablarida chizladi. Kesimni aloxida varaqda chizish ham ruxsat etiladi.
Kesimda 0.000 belgi (1 – qavat polining belgisi), yerning belgisi, poydevor tagining belgisi ko„rsatiladi. Poydevor planing chizmasida poydevorga normativ og„irlik jadvali va 1 – qavat polida pastga joylashgan temir – betonli, betonli, metal elementlarning spesifikatsiyasi beriladi.
Poydevor yigma bloklardan bo„lganida yig„ish plani va poydevor yoyilmasining chizmasi ham beriladi. Bu planlarda albatta bloklarning joylashishi, agar monolit maydonchalari bo„lsa, bu maydonchalarni ko„rsatish ham shart. Kemalarda bloklarning markalari va o„lchamlari ko„rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |