O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI FAKULTETI ’’BOSHLANG’ICH TA’LIM’’ YO’NALISHI “ONA TILI” FANIDAN MUSTAQIL ISH
Mavzu: Yordamchi so'z turkumlarining tarifi, turlari va grammatik xususiyatlari. Bajardi: Axmedova Gulhumor. Qabul qildi: Sayfidinova Durdonaxon. Andijon-2022. Mavzu: Yordamchi so'z turkumlarining tarifi, turlari va grammatik xususiyatlari.
REJA: Kirish. 1. Ko’makchilar haqida ma’lumot.
2. Bog’lovchilar haqida ma’lumot.
3. Yuklamalar haqida ma’lumot.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH. Ma’lumki, yordamchi so’zlar haqida ilk ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda beriladi, so’zlar ikki guruhga – atash ma’nosiga ega bo’lgan va atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib gap bo’lagi vazifasida keluvchi hamda ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan va gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlarga bo’linadi.
O’qituvchi yuqoridagi tasnifdan kelib chiqib, yordamchi so’z turkumlari haqidagi ma’lumotni quyidagi tarzda boshlashi ma’qul:
Ot, sifat, son, fe’l, ravishlar atash ma’nosiga ega(olmosh esa atash ma’nosiga ishora qiladi), muayyan so’roqlarga javob bo’la oladi, ma’lum sintaktik vazifani bajara oladi.
Ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalar esa atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan yordamchi so’zlardir. Shuningdek, lug’aviy ma’no bildirmaydigan, ammo ba’zan gap bo’lagi vazifasida kela oladigan alohida guruh so’zlar – modal, undov, taqlid so’zlar haqida ham ma’lumot beriladi.Yordamchi so’zlarning muhim qismini ko’makchilar tashkil qiladi.
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so’zlar ko’makchi ekani aytilib, ular o’sha so’z bilan birgalikda bir savolga javob bo’lishi, bir xil gap bo’lagi vazifasida kelishi tushuntiriladi. Men ashulani zavq bilan tingladim. (zavq bilan – qanday? – hol)
O’quvchilar sof ko’makchilar hamda vazifadosh ko’makchilar haqida tasavvurga ega bo’lishlari uchun quyidagi topshiriq beriladi.
Berilan ko’makchilarning sof yoki vazifadoshligini aniqlab, misollar tuzing.
Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko’ra, bo’ylab, keyin, avval, tepada v.h.
Akam bilan Chimyonga sayohat qildik.
Uy tomon ketdim.
Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar (bilan, uchun, sari), aslida ot, ravish, ravishdosh kabilardan ko’makchiga o’tgan so’zlar (avval, ostida, qarab) vazifadosh ko’makchilar ekani aytiladi.
Sof ko’makchilar vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turishi nazarda tutilib, quyidagi mashqlar bajartiriladi.
Kitobni sen uchun oldim – senga oldim Radio orqali eshitdim – radiodan eshitdim. Vazifadosh ko’makchilarni mustahkamlashda esa quyidagi topshiriq tavsiya etiladi.
Gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarning mustaqil so’z va ko’makchi vazifasida kelgan o’rinlarini aniqlang.
1.Gap futbol o’yini ustida ketardi. 2.Qoziq ustida qor turmas. Men keyin boraman. Darsdan keyin yig’ilish bo’ladi. Dars jarayonida ko’makchilarning ma’no turlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko’makchilar yetakchi so’zga bog’lanib unga turli qo’shimcha ma’nolar – maqsad, sabab, yo’nalish, o’xshtish – qiyoslash, fikr mavzusi kabi ma’nolar yuklaydi.
Buni tushuntirishda quyidagi topshiriqlar berish mumkin.
Nuqtalar o’rniga kerakli ko’makchilarni qo’yib ko’ring hamda uning ma’no turlarini ayting.
Otasidan bir kun olib pul, kitob do’kon… soldi yo’l. Nuqtalar o’rni sari ko’makchisi qo’yiladi; u yo’nalish ma’nosini ifodalamoqda.
Ko’makchilarni o’rgatishda yana quyidagilarga e’tibor qaratmoq lozim.
-bosh, jo’nalish, chiqish kelishiklari bilan qo’llanadigan ko’makchilar (sen uchun, mehnatiga yarasha, kechadan boshlab)
-ko’makchilarning ayrim qo’shimchalar bilan ma’nodoshligi (gul singari – guldek)
-ko’makchili so’z birikmalari hosil qilish va mazkur birikmalardan gap tuzish
-ayrim ko’makchilarning qisqargan holda qo’llanishi (akam uchun akam -chun, sen -bilan sen-la)
Bog’lovchi mavzusini o’tishda uning asosiy vazifasi va ko’makchidan farqi izohlanadi. Ya’ni, bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarining va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar bo’lib, ko’makchidan quyidagi xusuiyatlariga ko’ra farqlanadi.
-ko’makchi gap tuzishda faol ishtirok etadi, u gapdan tushib qolsa, fikr anglashilmaydi. Bog’lovchi tushirib qoldirilsa ham, gap ohangida o’zgarish bo’lsa ham fikr anglashilaveradi;
-ko’makchi ot, olmosh, otlashgan so’zlardan keyin ishlatiladi, bog’lovchi esa barcha mustaqil so’zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravishlardan keyin kelaveradi;
-ko’makchilar o’zi bog’langan so’zning bosh, jo’nalish, o’rin – payt, chiqish kelishiklarining biri bo’lishini talab qiladi, ot ko’makchilar esa barcha kelishik qo’shimchalari bilan kelishini ham ko’rish mumkin. Bog’lovchilar kelishik qo’shimchalari olmaydi, o’zi bog’layotgan so’zlarni qaysi kelishikda bo’lishidan qat’i nazar, o’zaro bog’layveradi. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turini tushuntirishda quyidagi ko’rgazmali quroldan foydalanilsa maqsadga muvofiqdir.