Andijon davlat universiteti sirtqi fakulteti



Yüklə 78,03 Kb.
səhifə3/9
tarix20.02.2023
ölçüsü78,03 Kb.
#85188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yordamchi so\'z turkumlarining tarifi, turlari va grammatik xususiyatlari.

4. Ko’makchi otlar o’z lug’aviy ma'nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig’i ostida. Aks holda, ular o’rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.
2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;
3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.


1.1 Ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari
1) bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:
Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko’makchisi birgalik, vosita, tez bosg’lanish, payt, ish-harakat ob'ekti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.
Uchun (qisqa shakli: -chun) ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O’qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.
D i q q a t ! -la, -chun shakllari o’zi bog’lanib kelgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo’llarim-la, Vatan-chun.
Uchun, bilan, kabi, singari ko’makchilari qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari.


1.2 Ko’makchilar va kelishiklar
Ko’makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi kelishik qo’shimchasi o’rnida yoki kelishik qo’shimchasi ko’makchi o’rnida almashib kelishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari o’rnida almashib kelishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib berdi - Borganini gapirib berdi. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi ishlatilaver­maydi: Do’stiga yordamlashdi gapida jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rnida ko’makchini qo’llab bo’lmaydi.




  1. Yüklə 78,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin