CHala cho‘llar zonasi. Materikning janubiy qismidagi mo‘‘tadil iqlim mintaqasida chala cho‘llar zonasi tarkib topgan. Tabiiy sharoiti qattiq, yog‘in kam yog‘adigan bu o‘lka Patagoniya deb ataladi. O‘lkaning asosiy qismini Patagoniya yassi tog‘ligi tashkil etadi. CHala cho‘llar zonasining yozi salqin, o‘rtacha harorat 15°-20°S atrofida. Qish oylari juda sovuq bo‘lib, o‘rtacha harorat zonaning shimolida +10°S dan janubda 0°S gacha pasayadi.
Bu zonada kam hosilli bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. O‘simlik qoplami juda siyrak, ular chimli g‘allaguldoshlardan va tikanli butalardan iborat. CHala cho‘llarda ham dashtdagilar singari kemiruvchilar, ochiq erlarda in qazib yashaydigan hayvonlar bor. Ayniqsa, sakrovchi hayvon, nutriya, mayda zirxlilar ko‘p uchraydi.