Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi 202-guruh talabasi Kimsanboyeva Oydinoyning Jahon geografiyasi fanidan yozgan mustaqil ishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/4
tarix17.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#58304
  1   2   3   4
ADU

Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi 202-guruh talabasi Kimsanboyeva Oydinoyning Jahon geografiyasi fanidan yozgan MUSTAQIL ISHI

MAVZU: JANUBIY AMERIKANING TABIAT ZONALAR REJA:

  • 1.Ekvatorial va Subekvatorial o’rmonlar zonasi
  • 2.Savannalar Dashtlar zonasi
  • 3.Chalacho’llar zonasi
  • 4.And tog’laridagi balandlik mintaqalanashi

1.Ekvatorial va Subekvatorial o’rmonlar zonasi

  • Janubiy Amerika ekvatorial o‘rmonlar zonasi huddi Afrikadagiga o‘xshash ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Ekvatorial o‘rmonlarni Braziliyaliklar selva (selvas) deb atashadi. Selva portugalcha so‘z bo‘lib, o‘rmon degan ma’noni bildiradi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar yaxshi rivojlangan va katta maydonni egallagan.
  • Amazonka pasttekkisligining nam ekvatorial o‘rmonlari juda qalin va baland bo‘yli. Daraxtlarning balandligi 80-100 m gacha etadi. O‘rmonlarning suv bosmaydigan hududlarida o‘simlik qoplami nihoyat darajada rivojlangan bo‘lib, ular 12 tagacha o‘simliklar yarusini hosil qiladi. Nam ekvatorial o‘rmonlar g‘arbda tog‘ yon bag‘rlab 1000-1500 m balandlikacha ko‘tarilgan.
  • Selvada Afrika ekvatorial o‘rmonlariga nisbatan yog‘ingarchilik ko‘proq bo‘ladi, o‘simlik va hayvonlar turlari ancha boyroq. Faqat Braziliya Amazonkasidagina 4000 xilga yakin daraxt turi uchraydi. Amazoniya ko‘pgina qimmatbaho daraxtlar - kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarning har xil turlari, kakao daraxti, qovun daraxti va boshqalarni vatani hisoblanadi.
  • O‘rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib ketgan epifitlar-chirmovuq o‘simliklar g‘oyat ko‘p. Ekvatorial o‘rmonlar tagida podzollashgan laterit tuproqlar qizil-sariq ferralitlar vujudga kelgan. Bu tuproqlarning ham hosil bo‘lish jarayoni Afrikadagi ekvatorial o‘rmonlar tuproqlarining hosil bo‘lish jarayoniga o‘xshashdir.
  • Selvaning hayvonot dunyosi boy. Bu erdagi hayvonlar, Osiyo va Afrika o‘rmonlaridagi hayvonlar kabi daraxtlarda yashashga moslashgan. Masalan, dumi bilan osilib yashashga moslashgan maymunlar, butun umrini daraxtlarda o‘tkazadigan yalqovlar (lenivets) shular jumlasidandir. Hatto qurbaqa va kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi. Daryolar bo‘yida, suv havzalarida va botqoqli erlarda tuyoqli hayvonlar-tapirlar va suv cho‘chqasi-kapibaralar yashaydi.
  • Qalin o‘rmonlar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar yashaydi. Ekvatorial o‘rmonlarda qushlar dunyosi ayniqsa rang-barang. Gullarning shirasi bilan oziqlanadigan mitti qush-kolibrilar, xilma-xil to‘tilar, katta shaftoliho‘rlar ko‘p tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qo‘ng‘izlar, o‘rgamchaklar va boshqa xashoratlarning xilma-xil turlari bor. O‘rmonlarning quyi yarusida va tuproqda chumolilar yashaydi, uning ko‘pchiligi yirtqich hayot kechiradi.
  • Subekvatorial o‘rmonlar zonasi. Ekvatorial o‘rmonlardan shimol va janubda subekvatorial o‘rmonlar zonalari joylashgan bo‘lib, ular Braziliya hamda Gviana yassi tog‘liklarining shimoliy yon bag‘rlarini egallaydi. Braziliya yassi tog‘ligidagi subekvatorial o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi, qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi.
  • SHu sababli o‘rmonlarda bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Gviana yassi tog‘ligining shimoliy yon bag‘rlari sernam musson iqlim ta’sirida bo‘lganligi uchun bu erda qurg‘oqchil davr ikki oygacha cho‘ziladi.
  • Binobarin, Gviana yassi tog‘ligining shimoliy yon bag‘rlarida nam musson iqlim deyarli yil davomida barqaror topganligi tufayli bargini to‘kadigan o‘rmonlar o‘rniga doimiy nam subekvatorial o‘rmonlar vujudga kelgan, qizil laterit tuproqlar yaxshi rivojlangan. Subekvatorial o‘rmonlarda yiliga 2000-3000 mm yog‘in yog‘adi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin