Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi 202-guruh talabasi Kimsanboyeva Oydinoyning Jahon geografiyasi fanidan yozgan mustaqil ishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/4
tarix17.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#58304
1   2   3   4
ADU

2.Savannalar Dashtlar zonasi

  • Savannalar zonasi. Janubiy Amerika savannalari Afrika savannalaridan ancha farq qiladi. Ular subekvatorial iqlim mintaqalari hududidagi nisbatan atmosfera yog‘inlari kamroq yog‘adigan pasttekisliklarda va yassi tog‘liklarda tarkib topgan. Materikning shimoliy yarim shardagi savannalarida, o‘tloq tabiat komplekslarida daraxt o‘simliklar
  • ayniqsa palmalar va akatsiyalar o‘sadi, janubiy yarim shardagi savannalarda esa aksincha daraxtlar ahyon-ahyonda uchraydi. Braziliya yassi tog‘ligining markaziy qismlaridagi savannalarda iqlim sharoiti ancha kontinentalroq va qurg‘oqchil bo‘lgani uchun bu erda past bo‘yli siyrak daraxtlar, daraxtsimon kaktuslar o‘sadi
  • Savannalarda fasllar yaxshi ifodalangan. Ayniqsa qurg‘oqchil qish va sernam yoz bir-biridan keskin farq kiladi. Ammo qish bilan yoz oylarining havo haroratida keskin farq sezilmaydi va o‘rtacha oylik harorat 20-25°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1500 mm.
  • Janubiy Amerika savannalarini hayvonot dunyosi Afrika savannalariga qaraganda uncha boy emas. Bu erda hayvonlardan qichik bug‘ular-mazamlar, yovvoyi cho‘chqalar-pekarlar, zirhlilar - shox moddadan iborat qalqoni bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlar, chumolixo‘rlar, kemiruvchilar, yirik qushlardan nandu tuyaqushi yashaydi.
  • Savannalar zonasining tabiati va landshaft strukturasi xilma-xil. Bu erda sernam savanna, savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘lga aylangan savanna, siyrak o‘rmonli savanna va butazorli savanna kabi ladshaft komplekslari mavjud.
  • Dashtlar zonasi. Savannalardan janubda, subtropik iqlim mintaqasida dashtlar zonasi joylashgan. Dashtlar Janubiy Amerikada pampalar deb ataladi. Pampa indeetslar tilida daraxtsiz erlar degan ma’noni bildiradi. Dashtlarda asosan boshoqli va turli xil o‘t o‘simliklar o‘sadi. Ular orasida chalov, yovvoyi tariq, suli, borodach, boshoqdoshlar va soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi turli xil o‘t o‘simliklari ko‘pchiilkni tashkil etadi.
  • Dashtlar zonasi subtropik iqlim mintaqasida shakllangani uchun qish oylarining o‘rtacha harorati doimo musbat bo‘lib +10°,
  • 15°S ni tashkil etadi. YOz oylarining o‘rtacha harorati 20°, 25°S ga teng. Sernam subtropik iqlim sharoitida hosildor qizil ferralit tuproqlar, qurg‘oqchil erlarda esa kora tuproqlar hosil bo‘lgan. Pampalarda lamalar, tuyaqushlar, pampa bug‘usi, pampa mushugi kabilar yashaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin