Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Kompyuter injiniringi kafedrasining № 10 yig‘ilish bayonnomasidan K O’ CH I R M A 20.06.2022 yil Jalaquduq tumani O’zbekiston ko’chasi 2-uy
Qatnashdilar: Fakultet dekani A.Medatov, kafedra mudiri G‘.Tajibayev, Dotsent: M.Rahmonov, katta o‘qituvchilar: M.Mirzayeva, Z.Ortiqov, O.Yunusov, F.Madolimov, o‘qituvchilar: X.Axmedov, N.Abdurazokov, Sh.Nabiyev, N.Saidova, R.Umarova, O.Rahmonov, J.Anvarbekov va texnik xodimlar.
Kun tartibi: Bitiruv malakaviy ishlarini himoyaga tavsiya qilish va taqrizchilarni belgilash.
Eshitildi: Kafedra mudiri G‘.Tajbayev so’zga chiqib, Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti IV – bosqich Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi bitiruvchisi Nabiyev Fazliddinning “ABT turg’unligini excel dasturida aniqlash algoritmlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini tayyorlaganini aytib, so’zni bitiruvchi Nabiyev Fazliddinga berdi.
Bitiruvchi bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi, maqsadi, vazifasi va ko’tarilgan masalalari haqida ma’lumot berdi. So‘ngra savol javob bo‘lib o‘tdi.
Ish rahbari M.Mirzayeva so‘zga chiqib, bitiruv ishi oxiriga yetkazilganligini aytdi va himoyaga qo‘yish taklifini bildirdi. Shuningdek, ishning mazmuni va mohiyatiga ko’ra bitiruv malakaviy ishga taqrizchi qilib, Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi N.Madaminov ko‘rsatildi.
Yig’ilish qatnashchilari ushbu taklifni ma’qulladilar.
K a f e d r a q a r o r q i l a d i: 1. Kafedra mudiri G‘.Tajibayevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti IV – bosqich Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi bitiruvchisi Nabiyev Fazliddinning “ABT turg’unligini excel dasturida aniqlash algoritmlari” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishi himoyaga loyiq deb topilsin.
3. Mazkur bitiruv ishi davlat attestatsiya hay’atida himoya qilish uchun tavsiya qilinsin.
4. Bitiruv malakaviy ishiga taqrizchi qilib, Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi N.Madaminov tayinlansin.