Suvda har xil zararli moddalar toʹplanib suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi oʹzgarmoqda. Organik va mineral qoʹshilmalar miqdori ortib, zaharli birikmalar paydo boʹlmoqda. Tabiiy-ki bunda, suv tarkibida kislorod kamayadi. Bakteriyaning turlari va miqdori oʹzgaradi va yuqumli kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar paydo boʹladi.
Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan toza suvlar kommunal maishiy xoʹjaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar koʹpdir. Chiqindi suvlar insonni ichimlik suv bilan taʹminlashda yaroqsiz hisoblanadi. Chunki zaharli moddalar bilan toʹyingan suv inson salomatligiga salbiy taʹsir etadi. Turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar poliomielit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini aniqladilar.
Kimyo sanoatida sintetik yoʹl bilan ishlab chiqariladigan boʹyoq, portlovchi modda va turli xil dori - darmon kauchuk sunʹiy tola va boshqalar toza suvni koʹp miqdorda talab qiladi. Oqibatda bunday ishlab chiqarish manbalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida tabiatda uchramaydigan zararli moddalr ham uchraydi.
Suv shaxtalarda koʹmir olishda ham ishlatiladi. Koʹmir qatlamlari oraligʹidagi togʹ jinslarining tarkibiga qarab suv turli moddalarga toʹyinadi. Baʹzan shaxtalar gurunt suvidan toʹlib qoladi. Natijada ish jarayoniga katta zarar yetkazadi. Bunday hollarda shaxtalardagi iflos suvlar kuchli nasoslar yordamida turli suv havzalariga chiqarib tashlanadi.
Neft sanoati tarmoqlaridan neftni olish tashish va uni qayta ishlash va suv havzalarining ifloslanishida asosiy sababchilaridan biridir. Suv ostidan neftni olishda achinarli hodisalar roʹy bermoqda. Masalan, Santo Barbaradagi birinchi neft qudugʹi 10 sutkada 900 tonna neft yoʹqotgan. Bir qancha neft tankerlari halokatga uchrab okeanga minglab tonna neftni dengizga oqizgan. Natijada, dunyo okeani va dengizlar suv yuzasi yupqa neft pardasi bilan qoplangan. Bir litr neft 200 litr suvni ifloslaydi. Yoki bir tomchi neft 1-1,5 m3 suv yuzasini yupqa pardasi bilan qoplaydi. Natijada baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari, suv qushlari hayotini xavfga soladi.
Sanoat obyektlari atroflariga chiqarib tashlangan issiq oqava suvlar mazkur joydagi fauna va flora hayotiga zararli taʹsir qiladi