21. “Risolai murshid us-solikin”. Bu risola haqiqiy sufiy va tariqat yo’lboshchisining vazifalari haqidagi asar. 22. “Voqeai haqqoniya”. Risola muallifga ulug’ allomalar, pirlar tomonidan tasavvuf izdoshlarini to’g’ri yo’lga boshlash haqida aytgan o’gitlari to’g’risida. 23. “Risolai Boburiya”. Bu asar Hoja Abdulloh Ahrori Valiyning “Risolai volidiya”sining Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan tarjimasi haqida hamda Boburning Maxdumi A’zamga yuborgan xatiga javob tariqasida yozilgan.