24. “Risolai bayoni voqea”. Bu risola ham tasavvuf tariqatlarining bayoniga bag’ishlangan. 25. “Risolai fathnoma”. Risolada muallifga mo’jizaviy ravishda ayon bo’lgan bashorat haqida gapiriladi. 26. “Risolai tanbiyatul – ulamo”. Bu risola tariqatning yo’lidan borayotgan haqiqiy va shunchaki ko’rinish uchun yurgan olimlar, fiqhshunoslar va boshqa soha ulamolariga nasihat tariqasida yozilgan. 27. “Risolai shaybiya”. Bu asar qarilik haqida, hayot achchiq-shirinini totib ko’rgan donishmand qarilik haqida. 29. “Risolai ilmiya”. Bu risolada islom dinidagi ilmlar, tasavvufdagi ilmi hol va dunyoviy ilmi qol, shariat ilmlari, Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning fazilatlari, choryorlar va imomlar hayoti haqida hamda to’rt mazhab imomlarining hayoti, ularning dunyoqarashlari to’g’risida fikr yuritilgan. Risolada tasavvuf silsilasining “qandil” kabi Muhammad (s.a.v.)dan Xoja Ahrorgacha va Mavlono Zohidgacha qo’ldan-qo’lga, pirdan shogirdga berilishi yozilgan. XX asr boshlaridan Bahouddin Naqshband ta’limoti va naqshbandiya tariqatiga rus va yevropa olimlarida juda katta qiziqish paydo bo’ldi. Rus sharqshunos olimlaridan B. Gortleviskiy va V. Bartold, E. Bertels, A. Simyonov, P. Ivanov, A. Boldrev, S. Dimidov va boshqalarning Bahouddin Naqshband, uning ta’limoti va so’fiylik haqidagi bir qancha maqolalari bosilib chiqdi . Yevropa olimlaridan H. Algar, M. Moli, F. Yung, E. Brove, O. Popovich kabilarning ingliz va nemis va serb tillarida tasavvuf, Bahouddin va naqshbandiya tariqatiga bag’ishlangan bir qancha kitob va maqolalari chop etildi.