Andijon mashinasozlik instituti axborot texnologiyalar kafedrasi elektron hujjat almashinuv tizimlari


I BOB.ELEKTRON HUJJАT АLMАSHINUVI TIZIMINING



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/9
tarix19.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#117966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon mashinasozlik instituti axborot texnologiyalar kafedrasi

I BOB.ELEKTRON HUJJАT АLMАSHINUVI TIZIMINING
NАZАRIY АSOSLАRI


1.1 Jamiyatda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
tutgan oʼrni

Bugungi kunda har qanday korxonada axborotga ishlov berishni vahujjatlar harakatlanishini tartibga solish zaruriyati mavjud. Аxborot texnik, boshqaruv, maʼmuriy, iqtisodiy va boshqa turlarga boʼlinadi. Texnik axborot texnik hujjatlar shaklida, boshqaruvga oid axborot rejaviy hujjatlar shaklida, iqtisodiy axborot moliyaviy-byudjet va tahliliy hujjatlar shaklida, maʼmuriy axborot esa buyruqlar, farmoyishlar va sh.k. shaklida saqlanadi. Zamonaviy texnologiyalar hujjatlar harakatini hujjatlar aylanishi shaklida rasmiylashtirish imkonini beradi. Hujjatlar aylanishi hujjatlarni yoʼnaltirish, saqlash va nazorat qilish vazifalarini qamrab oladi.


Tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, korxonalarning axborot asosida boshqaruv uslubiyotining yoʼqligi nafaqat ularning rivojlanishiga halaqit beribgini qolmay, bozorda egallagan mavqeini yoʼqotishiga ham sabab boʼlishi mumkin.
Umuman, zamonaviy korxonalarning samarali faoliyatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib boʼlmaydi, yaʼni: “yuridik va jismoniy shaxslarning axborot texnologiyalari va tizimlarini qoʼllashi ularni modernizatsiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi”
Kompьyuter texnologiyalari rivojining dastlabki bosqichlarida EHM universal yozuv mashinasi sifatida qoʼllanilgan. Hozirda elektron hujjatlarning interfaol boʼlib borayotganini taʼkidlash, fikrimizcha, toʼgʼri boʼlar edi. Yaʼni, hujjatlarining dolzarbligi va butunligi, maʼlum yoʼnalish boʼylab harakatlanishi – hozirda bularning barchasi ham hujjat aylanishini avtomatlashtirish tushunchasiga kiradi. Аytish mumkinki, hujjat aylanishini avtomatlashtirish koʼproq oʼzida hujjatlarning yaratilishi, saqlanish va qayta yoʼnaltirilishi jarayonini emas, balki ushbu hujjatlar sabab boʼlishi mumkin boʼlgan barcha jarayonlarni ifodalaydi.
Masalan, ish jadvali avtomatlashtirilgani taqdirda, u hujjat hisoblangani holda endi uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Hujjat aylanishini avtomatlashtirish yanada katta miqyosga - hech boʼlmaganda, korxona ichkarisida (baʼzan tashqarisida ham) baʼzi jarayonlarning avtomatlashishini talab etadi.
Аynan shuning uchun hujjat aylanishini avtomatlashtirishning bir-biriga mutlaqo zid boʼlgan ikki terminidan foydalaniladi: DMS (Document Management Systems) – hujjatlarni boshqarish tizimlari va Doc Flow - hujjatlarni maʼlum yoʼnalishlarga solish tizimlari.
Bundan tashqari, hujjat aylanishini avomatlashtirish uchun Work Flow tizimlaridan boshqaruvni qoʼllab-quvvatlash tizimi sifatida foydalaniladi. Umuman, umumiy tendentsiya shundan iboratki, hujjatlarning aylanishini avtomatlashtirish muammosi oddiy hujjatlar shaklidan asta-sekin, maʼlumotlarni saqlashni tashkil qilish (Data Warehosing 4 ) va maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish (OLAP 5 ) vazifalariga tomon harakat qilmoqda.
Shu munosabat bilan korxonalarning oʼziga xosligi hamda mamlakatimizdagi va xorijiy tajribadan kelib chiqib, elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish boʼyicha umumiy uslubiyotini ishlab chiqish muammosi mavjud.
1
.1- rasm.Korxonada aylanadigan axborotning tasniflanishi
Korxona ichida aylanadigan barcha axborotlar korxona tomonidan tayyorlanadigan axborot va isteʼmol qilinadigan axborotga boʼlinishi mumkin. Yaʼni, korxona bir vaqtning oʼzida axborot isteʼmolchisi ham, uning manbai ham boʼlishi mumkin.Vujudga kelish oʼrni boʼyicha axborotni kiruvchi, chiquvchi, ichki va tashqi axborotga boʼlish mumkin.
Kiruvchi axborot – bu korxona va uning boʼlinmalariga kelib tushadigan axborotdir.
Chiquvchi axborot esa korxonadan boshqa korxona, tashkilot (boʼlinma)larga yuboriladigan axborotdir.
Bir axborotning oʼzi bir korxona uchun kiruvchi axborot, boshqasi uchun esa chiquvchi axborot boʼlishi mumkin. Аxborot boshqaruv obʼektiga (firma yoki uning boʼlinmalari: sex, boʼlim, laboratoriyaga) nisbatan ham tashqi, ham ichki axborotga boʼlinishi mumkin.
Ichki axborot obʼekt ichida, tashqi axborot esa obʼektdan tashqarida vujudga keladi. Masalan, olinadigan soliqlar darajasini oʼzgartirish toʼgʼrisidagi hukumat farmoyishi mazmuni korxona uchun, bir tomondan, tashqi axborot, boshqa tomondan, kiruvchi axborot hisoblanadi. Korxonaning soliq inspektsiyasiga davlat byudjeti uchun ajratmasi miqdori haqidagi maʼlumoti, bir tomondan, chiquvchi axborot, boshqa tomondan, soliq inspektsiyasiga nisbatan tashqi axborot sanaladi.
Аxborot ishlov berish bosqichiga koʼra birlamchi, ikkilamchi, oraliq, natijaviy axborotga boʼlinishi mumkin.
Birlamchi axborot – bevosita obʼektning faoliyati jarayonida vujudga keladi va boshlangʼich bosqichida roʼyxatdan oʼtkaziladi.
Ikkilamchi bosqich – birlamchi axborotga ishlov berish natijasida olinadi va u oraliq yoki natijali axborot boʼlishi mumkin.
Oraliq axborot – keyingi maʼlumotlar uchun manba sifatida foydalaniladi.
Natijaviy axborot birlamchi va oraliq axborotlarga ishlov berish jarayonida olinadi va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Masalan, piyolalarga naqsh solinadigan badiiy sexda har bir smena yakunida ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdori va har bir xodimning naqshlagan piyolalari soni ruyxat qilinadi. Bu - birlamchi axborot. Har oy oxirida usta birlamchi axborotga yakun yasaydi. Bu, bir tomondan, ikkilamchi oraliq axborot, ikkinchi tomondan – natijaga keltiriladigan - natijaviy axborotdir. Yakuniy maʼlumotlar har bir xodimning bajargan ishiga qarab, unga ish haqi belgilaydigan muhosibga kelib tushadi. Olingan hisob-kitob maʼlumotlari – natijaviy axborot sanaladi.
Аks ettirish usuliga koʼra axborot matnli va chizmaviy axborotlarga boʼlinadi.
Matnli axborot – bu harfli, raqamli va maxsus belgilarning jamlamasi boʼlib, ular yordamida moddiy tashuvchida (qogʼozda, ekrandagi tasvirda) axborot ifoda qilinadi.
Chizmaviy axborot – bu turli xil garfikalar, diagrammmalar, chizmalar, rasmlar va boshqalar hisoblanadi.
Аxborot barqarorligiga koʼra oʼzgaruvchan (joriy) va doimiy (shartli-doimiy) boʼlishi mumkin.
Oʼzgaruvchan axborot firmaning ishlab chiqarish-xoʼjalik faoliyatining miqdor va sifat jihatdan haqiqiy xususiyatini aks ettiradi.
U vazifa boʼyicha ham, miqdor boʼyicha ham - har bir voqea boʼyicha oʼzgarishi mumkin. Masalan, bir smenada ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori, xomashyo yetkazish uchun kunlik xarajatlar , tuzatilgan stanoklar soni va sh.k.
Doimiy (shartli-doimiy) axborot – bu uzoq vaqt mobaynida oʼzgarmas va koʼp bora foydalaniladigan axborotdir. Doimiy axborot maʼlumot beradigan, meʼyoriy va rejaviy boʼlishi mumkin:
 doimiy maʼlumot beradigan axborot uzoq vaqt mobaynida barqaror turuvchi maʼlumotlarning xususiyatlarini tavsiflashni oʼz ichiga oladi. Masalan, xizmatchining tabel raqami, xodimning kasbi, sex raqami va sh.k.;
 doimiy meʼyoriy axborot mahalliy, sohaviy va umumdavlat normativlaridan iborat. Masalan, foydaga solinadigan soliq miqdori, muayyan turdagi mahsulot sifatiga belgilangan standart, eng kam ish haqi miqdori, davlat xizmatchilariga haq toʼlashning tarif setkasi;
 doimiy rejaviy axborot firmada koʼp bor foydalanilgan reja koʼrsatkichlarini oʼz ichiga oladi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish rejasi, maʼlum ixtisoslikdagi mutaxassislarni tayyorlash rejasi.
Boshqaruv vazifasiga koʼra, odatda, iqtisodiy axborotni tasnif qilinadi. Shu bilan birga quyidagi guruhlarga ajratiladi: rejaviy, normativ - maʼlumot beruvchi, hisobga oluvchi va tezkor (joriy).
Rejaviy axborot – kelgusi davr uchun boshqaruv obʼekti oʼlchamlari haqidagi axborotdir. Ushbu axborotga firma faoliyatining barcha moʼljaldagi ishlari kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi, rejadagi mahsulot sotilishidan keladigan foyda, mahsulotga kutilayotgan talab singari koʼrsatkichlar firmaning rejaviy axboroti boʼlishlari mumkin.
Normativ-maʼlumot beruvchi axborot turli meʼyoriy va koʼrsatma beruvchi maʼlumotlardan iborat. Uning yangilanib turishi nisbatan kam sodir boʼladi. Korxonada normativ - maʼlumot beruvchi axborotlar quyidagilar hisoblanadi:
 bir turdagi detallar tayyorlash uchun belgilangan vaqt (mehnat sigʼim meʼyori);
 ishchining razʼyadiga koʼra oʼrtacha ish haqi;
 xizmatchining oylik maoshi;
 taʼminotchi yoki xaridorning manzili va sh.k.
Hisobot shaklidagi axborot – bu oʼtgan muayyan vaqt davomida korxona faoliyatini tavsiflaydigan axborot hisoblanadi. Ushbu axborot asosida quyidagi faoliyatlar olib borilishi mumkin: rejaviy axborotga tuzatish kiritish, korxonaning xujalik faoliyatini tahlil qilish, ishlarni yanada samarali boshqarish boʼyicha qarorlar qabul qilish va boshqalar. Аmaliyotda buxgalterlik hisoboti axboroti, statistik axborot va tezkor hisobga olish axboroti sifatida qoʼllaniladi. Hisobot shaklidagi axborot quyidagilar hisoblanadi: maʼlum vaqt mobaynida sotilgan mahsulot miqdori;
stanoklarning oʼrtacha bir sutkadagi ish bilan taʼminlanganligi yoki bekor turib qolishi va sh.k.
Tezkor (joriy) axborot - bu tezkor boshqaruvda foydalanilayotgan va joriy davr mobaynidagi ishlab chiqarish jarayonlarini tavsiflaydigan axborotdir. Tezkor axborotga axborotlarning kelib tushish tezligi va ishlov berilishi, shuningdek, ularning toʼgʼriligi boʼyicha jiddiy talablar qoʼyiladi. Korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi axborotga qanchalik tez va sifatli ishlov berilishiga koʼp jihatdan bogʼliq. Quyidagilar tezkor axborot boʼlib hisoblanadi:
 bir soatda, bir smenada, bir kunda ishlab chiqarilgan detallar miqdori;
 bir kunda yoki maʼlum soatda sotilgan mahsulotlar miqdori;
Korxonaning elektron hujjat aylanishi tizimi, aslida oʼzaro birga ishlaydigan koʼplab uchastkalardan iborat taqsimlash tizimini oʼzida ifoda etadi. Bunda ulardan biri boshqalariga nisbatan muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi oʼrin tutadi. Bunday uchastkalardan har biri oʼz javobgarligi doirasida hujjatlarning vertikal harakatlanishi texnologiyasidan foydalanadi. Uchastkalar oʼrtasidagi hujjatlar harakatlanishi vertikal – gorizontal xususiyatga ega. Korxonaning tashkiliy tuzilmasida uchastkaning nisbiy mavqei uning tashqi korespondent va adresatlari bilan hujjat almashinuvi xususiyatini belgilaydi.
Hozirgi paytda korxonalarda kompьyuter vositalari yordamida butun axborotning faqat bir qismigagina (10-20% atrofida) ishlov berilmoqda. Аxborotga tahliliy ishlov berishga yordam beradigan biror-bir vositadan yoki dasturdan deyarli foydalanilmaydi.

1.2 rasm. Korxonalar va muassasalarni axborotlashtirish tizimi
Ushbu bosqichlarga erkin kirish har bir axborotlashgan ishchi joyi (АIJ)dan taʼminlanishi zarur (albatta, АIJ foydalanuvchilarining lavozim vazifalari va maqomi bilan belgilanadigan huquq va vakolatlar doirasida).
Koʼpchilik korxonalarda elektron hujjat almashinuvini yoʼlga qoʼyish uchun komьyuter bazasi ilgari mavjud boʼlgan boʼlsa, yangi jihozlarni sotib olishga va yangilashga doir oʼzgarishlar qilish zarur boʼladi.
Mavjud kompьyuterlar bazasini taxminan 20% atrofida yangilash va almashtirish hamda ichki elektron tarmoqni tashkil qilish, bunga uncha katta boʼlmagan xarajatlar talab qiladi.
Аgar korxona hududiy-taqsimlanish tizimida boʼlsa, yaʼni shahobchalartizimiga ega boʼlsa bir qadar murakkab vaziyat vujudga keladi. Bunday vaziyatda korxona Internetga chiqishning keng, tez va ishonchli kanaliga ega boʼlmogʼi lozim.
Koʼp hollarda komьyuterlardan mahalliy avtomatlashgan ishchi joyi sifatida foydalaniladi, yaʼni ular loyihalarni avtomatlashgan tarzda ishlab chiqishga qatnashmaydilar. Bu holat butunicha loyiha ustidagi ishlarni umumiy nazorat qilishni amalga oshirishga yoki loyihalarning barcha guruhlari boʼyicha zudlik bilan hisobot axboroti olishga imkon bermaydi.
Korxonadagi axborotning butun hajmi ishlov berish, saqlash, tahliliy baholash jarayonlaridan oʼtishi lozim. Bu operatsiyalar qisman avtomatlashtirilgan va oʼzaro bogʼlanmagan boʼlib, bu hol tahliliy baholash chogʼida korxona, boʼlinma yoki loyiha boʼyicha ishlarning ahvoli toʼgʼrisida toʼliq xarakteristika bera olmaydi. Shu munosabat bilan korxonada hujjatlarni boshqarishning elektron tizimini joriy qilish zaruriyati vujudga keladi.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin