Дипломна работа
Холматов Нурулла
“
Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil
etish
”
Betlar
1
Texnologik qism. Kirish
2
2
Xom ashyo tasnifi
7
3
Texnologik sxemani tanlash va asoslash
16
4
Maxsulot xisobi
25
5
Jixoz tanlash
30
6
Asosiy uskunaning xisobi
31
7
Texnik-kimyoviy nazorat
36
8
Tayyor maxsulot sifatiga qo’yiladigan talablar
45
9
Iqtisodiy qismi
59
10 Avtomatlashtirish qismi
63
11 Mexnat muxofazasi
66
12 Atrof-muxit muxofazasi
75
13 Foydalanilgan adabiyotlar
78
KIRISH
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiy
sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida ichki bozorni
sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va aholining iste’mol mollariga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Buni
go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishda ham ko‘rish mumkin.
E’tirof etish joizki davlatimiz rahbarining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’rsida»gi PQ-1047-sonli qarori
mahsulotni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya va
modernizatsiya qilishda dasturulamal bo‘lmoqda. Mazkur qarorning 8-bandiga
binoan 2016 yilning 1 yanvariga qadar bo‘lgan davrda asosiy faoliyat turi bo‘yicha
go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining stavkasini 50 foizga kamaytirildi(ya’ni
2.5 foiz qilib belgilandi).
Buxoro shahridagi «Sulsherjahon» xususiy korxonasi go‘sht va sut
mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Prezidentimizning yuqorida nomi
qayd etilgan qarori bilan berilgan imtiyoz tufayli korxona ixtiyorida joriy yilning
o‘tgan davrida yagona soliq to‘lovidan qariyib 100 million so‘mlik mablag‘lar
qolmoqda. O‘z navbatida soliqdan ozod qilish natijasida ozod bo‘lgan mablag’lar
hisobidan xususiy korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi 15
foizga oshgan. Yangi 3 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi va bu
yerda qo‘shimcha 5 ta ish o‘rini yaratildi.
O’rni kelganda ta’kidlash joizki, Buxoro viloyatida go‘sht va sutni qayta
ishlashga ixtisoslashgan faoliyat turini amalga oshiruvchi 19 ta tadbirkorlik
subyektlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida 85,3 mln so‘mlik
imtiyozlardan foydalanilgan.
Darhaqiqat yurtimizda go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan
korxonalar uchun bunday imtiyozning joriy etilishi nafaqat go‘sht va sutni qayta
ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarning ixtiyorida
qoladigan mablag’lar ulushining oshishiga, o‘z navbatida ushbu faoliyat turi bilan
shug’ullanuvchi kichik biznes sohasi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish
hajimlarining oshishiga hamda ular tomonidan tayyorlanayotgan go‘sht va sut
mahsulotlari turlarining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda.
Dunyo miqyosida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida
go‘sht va parrandani qayta ishlash, sut va sut mahsulotlari korxonalarining texnik
jihozlanish darajasi, jumladan qo‘l mehnatining mexanizatsiyalanishi sezilarli
darajada yaxshilandi. Mexanizatsiyalashgan teri shilish jarayonining salmog‘i
keskin oshdi, qora molni elektr toki yordamida hushsizlantirish joriy etildi. Mol va
parranda ichki qism a’zolarini qayta ishlash, go‘shtni turli qismlarga ajratish uchun
konveyerlar, suyaklarni kesish uchun elektr arralar ishlab chiqildi va ishlab
chiqarishga joriy etildi.
Parranda so‘yish jarayonlari to‘liq konveyerlashtirilgan. Bunda asosan osma
konveyer liniyalari qo‘llanilmoqda. Barcha submahsulotlarining 40%-ga yaqini
mexanizatsiyalashgan liniyalarda qayta ishlanadi. Barcha turdagi hayvonlarni
ichaklariga ishlov berish to‘liq mexanizatsiyalashgan.
Ozuqaviy chorva mol yog‘ini ishlab chiqarish uchun AVJ, Titan, De-Laval
liniyalari mavjud. Unda zamonaviy qozon va avtoklavlar, separatorlar ishlatiladi.
Ayrim korxonalarda suyakdan yog‘ ajratib olishning sovuq usulidan
foydalaniladi, ikkilamchi xom ashyodan yog‘ gidroliz usulida ajratib olinadi.
Terini
konservatsiyalash
uchun
uzluksiz
ishlovchi
qarama-qarshi
aylanadigan shnekli barabanlar, terini qoldiq et go‘sht va yog‘dan tozalash
mashinalari ishlatiladi.
Texnik xomashyodan quritilgan mol ozuqasi ishlab chiqarish borasida katta
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Unda bloutank, tegirmon, quritgich, vakuum-gorizontal
qozon kabi uskunalar miqdori ko‘payishi bilan birgalikda konstruktsiya yaratuvchi
tashkilotlar faoliyati evziga kichik va o‘rta korxonalar uchun mo‘ljallangan
mexanizatsiyalashgan liniyalar yaratilgan.
Kolbasa va pazandalik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining texnik jihozlanishi
keskin rivojlandi. Go‘shtni suyakdan ajratish va lahmlash jarayonlari
mexanizatsiyalashgan va yangi konstruktsiyali go‘sht maydalash mashinalari,
kutterlar, vakuum-aralashtirgichlar, uzluksiz ishlovchi shpritslarning turi va soni
ko‘paydi. Kolbasa, sosiska, sardelka, chuchvara ishlab chiqarish uchun
mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlab chiqarishga joriy etildi.
Go‘sht va parrandani, sutni qayta ishlash korxonalari uskunalari quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
- yuqori unumdorlik va mahsulotga sifatli ishlov berish;
- tayyor mahsulot chiqishining maksimal darajasini ta’minlash;
- mahsulotga salbiy ta’sirini yo‘qotish;
- uskunaning kompaktligi, yengilligi, mustahkamlik, mahsulot bilan kontaktlovchi
qismlarga sanitar ishlov berishning qulaylashtiril-ganligi;
- ishchi shaxs (personal) uchun xavfsizligi;
- detallarni abadiyligi, ishonchliligi, bog‘lanish mustahkamligi, defitsit qismlarning
yo‘qligi, nisbatan arzonligi, oddiy konstruktsiya va unda ishlashning osonligi.
Bajaradigan ishiga qarab barcha texnolgik jihozlar quyidagi guruhlarga
ajratiladi: texnologik-harakatlanuvchi; mexanik ishlov berish uchun, issiqlik bilan
ishlov berish uchun va maxsus texnolgik ishlovni amalga oshirish uchun (moni
so‘yish va qonsizlantirish, ichki a’zolarini ajratib olish, ichaklarga ishlov berish,
go‘shtni suyakdan ajratish, va h.k.).
Uskunadan foydalanishdan asosiy yakuniy maqsad – mahsulotga ishlov berish.
Ishlov berish deganda xom ashyoning shakli, xususiyatlari, yoki holatini
o‘zgarishiga aytiladi. Ishlov berish ishchi qurilma mexanizmlarida amalga
oshiriladi.
Ikkita detal (zveno) ning eng oddiy harakatli ulanmasi kinematik juftlikni
tashkil etadi. Shunday juftliklar yig‘indisi esa kinematik zanjirni tashkil etadi.
Demak, mexanizm – bu berilgan kuch ta’siri ostida kerakli harakatni bajaruvchi
sun’iy kinematik zanjir demakdir. Hoxlagan mashinani mexanizm deyish
mumkin, ammo xohlagan mexanizm mashina bo‘la olmaydi.
Mavjud
mashinalar
konstruktsiyasini
takomillashtirish
va
yangi
konstruktsiyalar yaratish yo‘li bilan go‘shtni qayta ishlash korxonalarining
jarayonlarini mexanizatsiyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Mexanizatsiya – ishlab
chiqarish jarayonlaridagi ishchilarning qo‘l mehnatini qisman yoki to‘laligicha
mashina, apparat va mexanizmlar bilan almashtirish orqali mehnat unumdorligini
oshirishning usullaridan biridir. Bir yoki bir necha mashina, apparatlar yoki
agregatlarni o‘rnatib, mexanizatsiya amalga oshiriladi.
Apparat ma’lum operatsiyani bajaruvchi pribor yoki moslama, agregat esa
turli qurilma va apparatlarning yig‘indisi bo‘lib mujassam holda samarali ishlash
uchun mo‘ljallangan.
Bir necha mashina va agregatlar harakatlantiruvchi qurilmalar orqali o‘zaro
biriktirilib xom ashyo va mahsulotga texnologik rejimlarga aniq rioya qilgan holda
biror texnologik ketma-ketlikda ishlov berilishi natijasida mexanizatsiyalashgan
liniya oqimi vujudga keladi.
Mexanizatsiyalashgan liniya bor (ajratilgan) ishlab chiqarish maydonida
nafaqat mehnat unumdorligini oshiradi, balki tayyor mahsulot sifatini ham
yaxshilaydi, uning tan narxini tushiradi, ishlab chiqarishda eng yaxshi (maqbul)
texnologik oqim hosil qiladi, ishchi kuchi va uskunalar joylashuvini yaxshilashga
imkon beradi. Shunga qaramay qisman yoki to‘la mexanizatsiyalashgan liniyada
ham qo‘l mehnati ulushi bo‘ladi, inson texnologik jarayonda qatnashadi. Ushbu
sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashgan
liniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning oliy va so‘nggi bosqichini tashkil etadi.
Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarida insonning bevosita
ishtirokisiz, ammo uning nazorati ostida olib borish imkoniyatini beradi. Ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish texnikani uzoq rivojlanib borish natijasidir.
Avtomatlar yoki avtomat mashinalar ish tsiklining barcha ishchi va
yordamchi harakatlarini jumladan, bu harakatlar boshqaruvini ham mustaqil
amalga oshiradi.
Uskuna ishlab chiqarish zavodlari yoki loyihalash tashkilotlari o‘z
mahsulotini markalaydi va qisqartirilgan ko‘rinishda uning pasporti va yorlig‘iga
yozadi. Sobiq ittifoq mashinalarida go‘shtni qayta ishlash mashinalari markasining
birinchi harfi “F” bo‘lgan. Qolgan harf va sonlar mashina nomi va eng asosiy
ko‘rsatkichini ifoda etgan.
Masalan, quyidagi mashinalar markasi ushbu ma’noni bildiradi:
FUAM – qora mol terisini mexanik shilish universal agregati, M-
modernizatsiyalashtirilgan; FSN – uzluksiz ishlovchi, shoxli kichik mol terisini
shilish qurilmasi; FSB – davriy ishlovchi, qo‘y terisini mexanik shilish qurilmasi;
FEOS – elektr yordamida cho‘chqani hushsizlantirish apparati, FShG – gidravlik
shpig (qalin yog‘ni) kesish mashinasi, FOK – ichakka ishlov berish uchun
universal shlyamlash mashinasi.
Qator mashinalar markasida harf belgilar yonida sonlar qatnashadi:
AB-50-M - unumdorligi soatiga 50 bosh qora molni hushsizlantirish boksi;
modernaziyalashtirilgan PP-150 - 150 kg quvvatli yassi cho‘michli yuk
ko‘targich; LRN- 500 – 500 kg yuk ko‘tarish aylanadigan devorga o‘rnatishga
moslangan lebyodka; PPG-1 gidroyuritmali ko‘tarish va tushirish maydonchasi;
KSSh-1000 – uzluksiz ishlovchi, qora mol terisini shilish konveyer agregati; MP-
2-220 – reshyotka diametri 220 mm-li (volchok); NOGSh-325 – diametri 325 mm
barabanli uzluksiz ishlovchi, cho‘kmaga tushiruvchi toifadagi gorizontal shnekli
tsentrifuga; PK-2M – suyak kesuvchi arra; GSh- 65 – tsilindr hajmi 65 litrga teng
gidravlik shprits.
Dostları ilə paylaş: |