Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

Sellofan – u gidrattsellyulozali plenka bo‘lib, yuqori ko‘rinuvchanligi, 
mexanik chidamliligi, gaz o‘tkazmasligi, yog‘larga chidamliligi bilan ajralib turadi. 
Sellofandan asosan tayyor mahsulotlarni o‘rash va qadoqlashda ishlatiladi. 
Sellofan plenka holatida kengligi 90 – 100 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 
Bog‘lovchi kanop materiali – kolbasa batonlariga forma berish va ularning 
uchlarini mustahkam bog‘lash uchun, shuningdek ularga tovar belgilari berish 
uchun ishlatiladi. Bog‘lovchi kanop materiali nomer va navlarga ajratiladi. Sifati 
bo‘yicha kanop 2 toifali bo‘ladi; Mustahkam va normal holdagi kanop. Har ikki 
toifa nomerlarga ajratiladi: 2 ta ipdan iborat kanop – 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10, 12, 15 va 
bitta ipli – 3,4. Bog‘lovchi kanop, kanop tolalaridan ishlab chiqariladi. Kolbasa
batonlarini bog‘lash uchun
№ 8 (0,8/2) va № 10 (1,0/2) kanoplari ishlatiladi. Bu yerda 0,8 va 1,0 – metr 
nomeri, 2 – ipining soni. 
Alyumin klipsalar – Hozirgi paytda kolbasa batonlarining har ikkala uchiga 
klipsatorlarda alyumin klipsalar qo‘yilmoqda. Ular baton uchlarini mustahkam 
qisib turadi. Alyumin klipsalar p –simon shaklda bo‘ladi. Klipsatorlarga lentali 


alyumin simlar joylashtiriladi. Moslama harakatga keltirilganda, ular batonlarning 
uchini p- simon klipsalar yordamida avtomatik ravishda bog‘laydi.
Dudlash uchun mo‘ljallangan preparat 
Kolbasa mahsulotlariga dudlangan ta’m va hid berish uchun zamonaviy 
dudlash preparatlaridan foydalaniladi. Ularni qo‘llash, dudlash usuliga ko‘ra bir 
qator qulayliklarga ega. Dudlash jarayonida yog‘och qirindilarini yoqib undagi 
zaxarli moddalarni mahsulot tarkibiga kirib qolish havfi kuchli bo‘lgani sababli, 
hozirgi paytda dudlovchi preparatlardan keng foydalanilmoqda. Rossiyadagi ilmiy 
tekshirish institutida va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dudlovchi preparatlar 
pishirilgan, yarim dudlangan, dudlangan kolbasalarni ishlab chiqarishda bevosita 
qiyma qorish jarayonida solinadi. Preparatni (100 kg go‘sht uchun) pishirilgan 
kolbasa va sosiskalar uchun – 150 gr, yarim dudlangan kolbasalarga 300 – 400 gr, 
dudlangan kolbasalarga 400 – 500gr qo‘shish kifoya qiladi. 
Natriy nitriti - mayda kristall holdagi oq poroshok. Kolbasa mahsulotlarini 
ishlab chiqarishda faqat toza kimyoviy natriy nitritdan foydalaniladi. Go‘shtni 
qayta ishlash korxonalariga nitrit natriy qadoqlangan idishlarda, og‘irligi 3 kg dan 
oshmagan miqdorda keltiriladi. Nitrit natriy zaxarli modda bo‘lganligi uchun uni 
qattiq nazorat ostida saqlanadi. Laboratoriya sharoitida ishlab chiqarish uchun 
2,5% li kontsentratsiyaga ega bo‘lgan nitrit natriy eritmasi tayyorlanib, tsexlarga 
idishlarda plombalangan holda yuboriladi. (100 kg go‘sht xom-ashyosi uchun) 7,5 
gr nitrit natriy to‘g‘ri keladi. Rang berishi - pushti rang. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin