Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "


Shoxli kichik mol terisini shilish uchun



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

Shoxli kichik mol terisini shilish uchun 
mexanik qurilmalar 
Shoxli kichik mol terisini mexanik usulda shilish ham teri osti qatlamini uzish 
usuli bilan amalga oshiriladi. Teri shilish yo‘nalishini, uning alohida joylarida 


o‘zgartirish (terini tanadan ajratish burchagini o‘zgartirish) shart emas. Shuning 
uchun ushbu qurilmalarning konstruktsiyasi ancha oddiy.
Ish bajarishiga ko‘ra, qurilmalar davriy ishlovchi (tananing statsionar holatda 
o‘rnatilishi) va uzluksiz ishlovchiga ajraladi (tananing konveyer bo‘ylab uzluksiz 
harakat qilishi).
Davriy teri shilish ususli unumdorligi soatiga 250 bosh molni tashkil etuvchi 
kichik va o‘rta go‘sht kombinatlarida ishlatiladi, uzluksizi esa yirik go‘sht 
kombinatlarida unumdorlik 800-1000 bosh molni tashkil etuvchi kombinatlarda 
ishlatiladi.
Go‘sht kombinatlarida ko‘plab teri shilish qurilmalari ishlab chiqilgan va 
ishlatilgan. Ularning umumiy elementi ilgakli tortish zanjiri, lekin tana nisbatan 
turli burchak ostida (gorizontal, vertikal, burchak ostida). Amaliyot shuni 
ko‘rsatdiki, terini shilishning eng ratsional yo‘nalishi orqa oyoqdan bo‘yin 
tomonga 7-8 m/min tezlikda amalga oshiriladi.
Bu qurilmada old oyoqlarni fiksatsiyalash shart emas.
FSB qurilmasi. Go‘sht kombinatlarida keng qo‘llangan bu qurilma (31-rasm) 
universal, chunki terini ham dum qismidan bo‘ynigacha, ham bo‘yindan orqa 
oyoqqacha shilish imkoniyati mavjud. U terini tananing turg‘un holatida yoki 
uning konveyerda uzluksiz harakat qilib turgan vaqtida shilish qobiliyatiga ega.
Shoxli kichik mol terisini shilish uchun FSB mexanik qurilma:
1- baraban; 2 - elektrodvigatel; 3 - reduktor; 4 - baraban barmog‘i. 


Qurilma gorizontal o‘rnatilgan diametri 1000 mm va uzunligi 850 mm - ga teng 
bo‘lgan baraban1, AO 42-6 rusumli quvvati 1,7 kVt-ga teng elektrodvigatel 2,
RChP-120 rusumdagi reduktordan 3 iborat. Ikki rolikda osilib turgan tana orqa teri 
tomoni bilan barabanga beriladi. Teri zanjir sirtmoq bilan ushlab olinadi. 
Sirtmoqning ikkinchi tomoni barmoq 4 -ga ilinadi. Baraban pastga (pol tomonga) 
aylanish vaqtida barmoq zanjirchani tortadi, tana barabanga yopishadi va teri orqa 
pastki tomonidan bo‘yin tomonga tortiladi. Bunda old oyoqlar yoki bo‘yinni 
fiksatsiyalash shart emas. Baraban pastdan yuqoriga aylanganda teri bo‘yindan 
orqa oyoq tomonga qarab shilinadi. Bu holda tananing old oyoqlari 
fiksatsiyalanishi kerak. Tana harakatsiz holatda bo‘lishi mumkin yoki konveyer 
bilan 3,75 m/min tezlikda harakat qilishi mumkin. Konveyerdagi tanalar orasidagi 
masofa 900 mm - tashkil etadi. 
Qurilmaning tana harakatsiz osilib turgandagi unumdorligi soatiga 125 bosh, 
konveyerlar harakatlanayotganda esa soatiga 360 boshni tashkil etadi. 
Barabanning aylanish chastotasi 4,83 min
-1
, teri shilish vaqtidagi maksimal 
kuchlanishi 140 kg. Qurilma juda ixcham. Uning uzunligi 1080 mm, eni 1200 mm
va balandligi 2200 mm.
Shoxli kichik molni qayta ishlaydigan yirik korxonalarda uzluksiz ishlaydigan 
konveyerli qurilmalar ishlatiladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin