bajaradi), uskunalar kombinatsiyasi (yakunlangan operatsiyalar tsiklini bajaradi) va
potokli texnologik liniyalar (hamma operatsiyalar uzluksiz potokda bajariladi)
Sut xom ashyosiga ishlov berish usuli va ta’sir ko‘rsatish printsiplariga qarab
uskunalar funktsiyasi belgilanadi. Funktsional belgisiga qarab uskunalar quyidagi
umumiy guruhlarga bo‘linadi: sutni qabul qilish, transportirovka qilish va saqlash
uchun; sutga mexanik ishlov berish uchun; sutga issi?lik
ishlovini berish uchun;
quyultirish va quritish uchun; sut va sut mahsulotlarini quyish, qadoqlash va
upakovka qilish uchun. Funktsional alomatlariga
qarab tasniflash uskuna ish
printsipini mexanika, gidromexanika, issiqlik fizikasi, fizkimyo,
biokimyo va
mikrobiologiya qonunlari bilan maxkamroq bog‘lash imkonini beradi.
Bundan tashqari sut mahsulotlarining konkret turlarini ishlab chiqarish uchun
qo‘llaniladigan uskunalardan (sariyog‘ tayyorlovchi, sariyog‘ hosil qiluvchi,
frizerlar, s
ыr uchun presslar) ham foydalaniladi)