Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

RDB-3000 bolg‘achali maydalagich (don maydalagich). Ba’zi go‘sht 
korxonalarida qo‘llaniladigan bunday maydalagichlar unumdorligi 1 t/soat. 
Rotorning minutiga aylanishlar soni 2100, bolg‘achalar soni 55, bolg‘achalar 
uzunligi 140 mm, eni 60 mm, qalinligi 20 mm, bolg‘achalarning aylanma diametri 
500 mm -ga teng.


Maydalagichning yuqorigi qismida suyak uchun iste’molchi va metall 
aralashmalarini ajratish uchun magnitli separator bo‘lishidan tashqari, yuqorida 
ta’kidlab o‘tilgan maydalagichlar konstruktsiyasiga mos. 
Bolg‘achali maydalagichlar unumdorligi rotorning uzunligi va uning aylanishlar 
soniga, bolg‘achali rotor diametriga, hamda mahsulotning maydalanish darajasiga 
bog‘liq.
Po‘lat bolg‘achalar yuzasining yemirilishidan maydalagichning unumdorligi 
kamayadi, shuning uchun bolg‘achalarni almashtirish talab etiladi. 
M a y d a l a s h - k e s i s h m a s h i n a l a r i .
Go‘sht korxonalarida qo‘llaniladigan maydalash-kesish mashinalariga kuch bilan 
ishlaydigan maydalagichlar va ishchi organi maxsus shakldagi pichoqlar 
ko‘rinishidagi maydalagichlar taalluqlidir.
Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi. Bu mashina (46-rasm) quruq oqsilga 
boy yem ishlab chiqarishga va texnik yog‘ni eritishga keladigan texnik chiqindilar 
yoki suyaklar va konfiskatlar, go‘sht tanasining suyak qismini dag‘al maydalash 
uchun mo‘ljallangan.
Mashina maksimal 600x750 mm o‘lchamli xomashyo bo‘lakchalarini yuklanadigan 
yuklash bo‘yniga 2 ega va shvellerdan 9 iborat ramaga o‘rnatilgan massivli po‘lat 
staninadan 1 iborat. 
Korpusning ichida rotor-valga 3 mahkamlangan shahobchali shnek-pichoqlar 4 
joylashgan. Pichoqli val 3, 39 ayl/min ega reduktor 8 va tasmali uzatma 7 orqali 
30 kvt quvvatli elektrodvigateldan 6 harakatga keltiriladi. Elektrodvigatel 
tasmalarni kerakli taranglashishini ta’minlash uchun surilib, taranglatuvchiga 
(salazkaga) o‘rnatiladi. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin