Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "


TEXNIKAVIY JIXOZLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

TEXNIKAVIY JIXOZLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR 
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalariga, hamma turdagi oziq-ovqat 
uskunalariga tegishli umumiy talablar bilan birga mahsus, ya’ni qayta ishlanadigan 
xom ashyoning hususiyatlariga qarab hamda havfsizlikni ta’minlovchi talablar 
qo‘yiladi. 
Sut korxonalari texnologik uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablarga, 
kerak darajadagi quvvati, material va energiyaning minimal sarflanishi, mehnat 
hajmi va foydalanish havfsizligi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, remont 
qilish imkoni, ishonchliligi, uzoq muddatliligi, ekologik havfsizligi kiradi. 
Sut xom-ashyosini qayta ishlovchi texnologik uskunalarning o‘ziga xosligi–
bu uning konstruktsiyasiga qo‘yiladigan yuqori darajadagi sanitariya talablari. 
Texnologik uskunalarning ish organlari konstruktsiyasi shunday bajarilgan bo‘lishi 
kerakki, ekspluatatsiya sharoiti buzilgan noqulay sharoitda ham moylovchi yog‘lar, 
zang yoki metall changlari va boshqa yot materiallar va predmetlar ish zonasiga 
tushib qolish extimoli bo‘lmasin. 
Texnologik uskunalar konstruktsion materiallari oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan 
kontaktda 
bo‘lganda, 
mahsulotni 
ifloslantirmaydigan 
va 
sifatini 
tushirmaydigan bo‘lishi lozim. Ish zonasida qo‘rg‘oshindan, tsinkdan, misdan, 
ularning qotishmalaridan yasalgan detallardan foydalanish hamda kadmiy, nikel, 
xrom, emal, penoplastlar, formaldegid asosida tayyorlangan plastmassalar, takibida 
oyna tolasi (steklovolokno) bo‘lgan materiallar, asbest keramikadan, shishadan 
yasalgan qismlar qoplanishlar yordamida qo‘llanilishi man etiladi. 
Foydalaniladigan materiallar uskunalarni surunkali yuvish, tozalash va 
dezinfektsiyalar jarayonlaridagi kimyoviy, issiqlik va mexanik ta’sirlarga bardosh 
bera oladigan bo‘lishi lozim. Konstruktsion materiallarning ish zonasidagi rangi 
oziq–ovqat mahsuloti sifatini aniqlashga va tozaligini nazorat qilib turishga halal 
bermasligi kerak. 
Metallokonstruktsiyalar (ramalar, stanina, bog‘lovchi va boshqalar) yasash uchun 
qirqim bo‘yicha yopiq shakldagi profillardan foydalanish lozim. 


Uskunalar konstruktsiyasi mahsulotni tashqi muhitdan ifloslanishdan himoya qila 
olishi kerak, mahsulotni yoki yordamchi materiallarni atrofga sochilish ehtimolini
oldini olish, uskunaning to‘la bo‘shatilishi va sifatli tozalanishi, mahsulot 
qoldiqlari qolib chirishi jarayonini oldini olish imkonlarini berishi kerak. Hamma 
yog‘i sanitar ishlovi berish va uni nazorat qilish uchun qulay bo‘lishi shart.
Mahsulotga ishlov berish zonasi konstruktsiyasida, agar texnologik talablarga 
asosan ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, yuvilmaydigan joylar, tor cho‘ntaksimon 
chuqurlar, yoriqlar, to‘siqlar, zinachalar ( stupenka), keskin toraygan kesimli joylar 
bo‘lmasligi kerak. Jumladan vannalar, metall idishlar va qismlar oson yuvib 
tozalanadigan silliq, tozalashni qiyinlashtiradigan, halaqit beradigan do‘nglik, tor 
oraliqlar, detallarsiz yuzaga ega bo‘lishlari lozim. 
Yopiq tizimda sanitar ishlovi(bezrazbornaya moyka) berishga mo‘ljallangan 
mahsulot zonasi konstruktsiyasi, vaqti – vaqtida yechilib qo‘l bilan yuvib tozalash 
va nazorat qilish imkonini bera oladigan bo‘lishi kerak. Yechiladigan va 
yig‘iladigan qismlar va detallar oson bo‘linadigan biriktiruvchilar bilan 
jihozlangan bo‘lishi lozim. 
Uskunaning mahsulot zonasida zaklepka, boltlar, nuqtali payvandlash, bir-biriga 
kiydirilib mahkamlangan bog‘lanishlar qo‘llanishi man etiladi. Yuzalar ulangan 
joyi va burchak qirralari 6 mm dan ko‘proq radius bo‘yicha, mexanik yuvish 
qo‘llanilganda 50 mm dan kam bo‘lmagan radiusda bajarilgan bo‘lishi lozim. 
Uskunadan chiqqan oqava suvlar to‘kiladigan quvurlar kanalizatsiya tizimiga 
sifonlar yordamida yopiq holda ulangan bo‘lishi kerak. Vallarning zichlab 
mahkamlangan 
moslamalari 
xom-ashyo, 
yuvish 
vositalarining 
uzatish 
mexanizmlariga, moylovchi materiallarning esa, mahsulot zonasiga tushishi xollari 
oldini olish shart. Uskunaning joylashishi, uning quvurlar bilan ulanishi, 
kanalizatsiyaga bog‘lanishi sanitar ishlov berish va nazorat qilishga to‘sqinlik 
bermasligi lozim. Armaturalar joylashuvi va quvurlar ulangan yerlari mahsulotga 
boshqa narsalar (gidravlik yog‘, sovutish suyuqliklari va x.k) oqib tushib 


ifloslantirishi va uskunaga sanitar ishlov berishga xalaqit qilishi hollariga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. 
Uskuna tashqarisi izolyatsiyasi atrof muhitni va mahsulotni ifloslantirmaydigan, 
haroratni o‘tkazmaydigan materiallardan bajarilgan bo‘lishi kerak. Jumladan, har 
qanday yuzani steklovolokno yoki shlakovata tarkibli materiallar qo‘llab 
izolyatsiya qilish mumkin emas. 
GOST 12.2.003 “Ishlab chiqarish uskunalari. Havfsizlik umumiy talablari” ishlab 
chiqarish 
uskunalariga 
havfsizlik 
talablarini 
belgilaydi, 
jumladan 
konstruktsiyalarga, ularni boshqaruv organlariga, himoya vositalariga, hamda 
montaj va ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarish uskunalarini transportirovka qilish va 
saqlash hususiyatlari bilan belgilanadigan havfsizlik talablarini. Uskunalar montaj, 
ekspluatatsiya, ta’mirlash, transportirovka va saqlashda havfsiz bo‘lishlari, tashqi 
muhitni o‘rnatilgan me’yordan ortiq zaharli moddalar chiqarib ifloslantirmasligi 
kerak. Uskunalar havfsizligi faoliyat printsipini, konstruktiv sxemalarni, havfsiz 
konstruktsion elementlarni tanlash va x.k., mexanizatsiyalar, avtomatlashtirish, 
distantsion boshqarish va himoya vositalarini qo‘llash yordamida; ergonomika 
talablarini bajarish bilan; texnik xujjatlar tarkibiga montaj, ekspluatatsiya, 
ta’mirlash, transportirovka qilish va saqlash jarayonlaridagi havfsizlik talablarini 
kiritish bilan ta’minlanadi. Uskunalar yong‘in va portlashdan havfsiz, yuqori 
namlikka, harorat va bosim hzgarishiga, agressiv moddalar ta’siriga, shamol 
kuchiga, muzlashga chidamli bo‘lishi kerak. 
Uskunaning xarakatlanuvchi qismlari – sidiruvchi, vallarning uchlari va ularning 
elementlari (vintlar, shponkalar), valiklar, roliklar, ochiq uzatkichlar, konveyer 
tasmasi qayrilgan yeridagi baraban yonlari, payvandlangan joylar, mahsulot solish 
bunkerlari(voronka) – to‘siqlar yordamida o‘ralgan bo‘lishi lozim. Tishli 
uzatmalarning butunlay mahkamlab tashlanmagan to‘siqlari (boltlar, vintlar va 
x.k.) mashina to‘la to‘xtagandan so‘ng ochish imkonini beradigan yoki to‘la 
yopilganda mashina ishga tusha oladigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi 
kerak. 


Ishchi xizmatchilar ish zonasi mexanizmlar, xom ashyo va tayyor mahsulotlar 
xarakterlanish zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak. 
Uskunalar konstruktsiyasida konvektsion va nurli issiqlik (luchostogo tepla) ajralib 
chiqishini 
chegaralash 
choralarini 
ko‘rish 
imkonini 
berishi 
lozim 
(teploizolyatsiya). Belgilangan joyni sovutadigan mashinalarda, sovutish agenti 
(xladonositel) yo‘q bo‘lganda mashinani ishga tushishini blokirovkalovchi 
moslama o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
Namlik, gazlar chang va yot xidlarni ajratib chiqaruvchi uskunalar maksimal 
ravishda germetik yopilgan bo‘lishi kerak. 
Germetik yetarlicha bo‘lmasa, ventilyatsion tizim yordamida havoni xaydashni 
ta’minlash lozim.
Uskuna tashqi qismidagi bo‘rtiq qismlari 5 mm dan katta radiusda yumaloqlangan 
bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish uskunasini ishga tushirish knopkasi korobka 
korpusidan 3 – 5 mm chuqurlikda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 
Doimiy ish joyidagi boshqaruv organlari (knopkalar, qo‘lushlagichlar, maxoviklar 
va x.k.) quyidagicha chegaralangan ish zonasida joylashgan bo‘lishi kerak: 
uzunasiga 0,7 m gacha, 0,4 m gacha chuqurlikda, 0,6 m gacha balandlikda. 
Ko‘rsatilgan boshqarish organlari pol yuzasidan (plo
щadkadan) 0,9–1,5 m tik turib 
boshqarilganda va 06–1,2 o‘tirib boshqarilganda balandlikda bo‘lishi kerak. 
Barcha qo‘lushlagichlar, knopkalar,maxoviklar va boshqa boshqarish organlari 
ularning funktsional vazifalarini bildiradigan belgilar yoki yozuvlarga ega 
bo‘lishlari hamda mos ranglarga bo‘yalgan bo‘lishlari lozim: 
Qizil – to‘xtash; 
Axromatik (qora, kulrang yoki oq), ba’zida yashil – ishga tushirish; 
Sariq – avvrriya xolatida ishga tushirish; 
Axromatik yoki ko‘k – maxsus ulanish. 


Yuqorida joylashgan mashina va uskunalarga xizmat ko‘rsatish maydonlari 
to‘siqlar va zinalar (qo‘lushlagichlari bilan) bilan jixozlangan bo‘lishi kerak, 
hamda 0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘tish yo‘lkachalariga ega bo‘lishi lozim.
Maydonchalar yuzasi sirpanchiq bo‘lmasligi va chekka qismlari 0,15 m 
balandlikda bo‘lishi kerak. To‘siqlar va perilalar balandligi 1 m dan kam 
bo‘lmasligi, maydonchasi (zina) yuzasidan 0,5–0,6 m balandlikda esa uzunastga 
qo‘shimcha to‘siq va har 1,2 m dan uzoq bo‘lmagan oraliqda vertikal ustunlar 
o‘rnatilmog‘i lozim. Zinalar 3–5 m balandlikda o‘tish maydonchalari bilan 
jixozlangan bo‘lishi kerak; zina kengligi – 0,6 m dan kam bo‘lmasligi; bosqichlar 
oralig‘i – 0,2 m, bosqich kengligi – 0,12 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 1,5 m dan 
baland zinalar 45 0 dan kam bo‘lmagan qiyalikka, kam balandlikdagilar–
gorizontga nisbatan 60 0 gacha qiyaliqka ega bo‘lishi kerak. 
Uskunalarning oyoq yordamida boshqarish (pedillari) moslamalari to‘siqlar bilan 
jixozlangan yoki uskunaning bexosdan to‘xtab qolishi oldini oladigan (bexos pedal 
bosilishi, biror narsa tushib ketishi), saqlagichlar (predoxranitel) bilan jixozlangan 
bo‘lishi kerak.
Pedal to‘sig‘i mustaxkam bo‘lishi, qirralari tekislangan va oyoq xarakatiga xalil 
qilmaydigan bo‘lishi lozim. Pedal yuzasi to‘g‘ri g‘adur– budur yuzali va boshi 
yumaloqlangan va oyoqni tirash uchun to‘siqli bo‘lishi kerak. Pedal kengligi 80 
mm dan kam bo‘lmasligi tirash to‘sig‘igacha uzunlik esa – 110 – 130 mm kerak. 
Pedal maydon (pol) yuzasidan 120 mm gacha balandlikda (ishga tushmasdan), 
bosilishi 60 mm (ishga tushgach) ni tashkil qilishi; o‘tirib boshqarganda pedalga 
tushgan kuchlanish – 24,5 N, tik turganda – 34,5 N ni tashkil qilishi lozim. 
Poldan 2 m balandlikda yoki chuqurlikda joylashgan zadvijkalar, ventillar va 
kranlar ish joyidan turib ochish va yopish imkonini beradigan moslamalarga ega 
bo‘lishi kerak. 
Ish joylariga o‘rnatilgan statsionar nazorat o‘lchash apparaturalari poldan 2 m 
gacha balandlikda bo‘lishi kerak.
Uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlari ishonchli qilib elektroizolyatsiyalangan, 
to‘silgan yoki odamlar tega olmaydigan joylarga bo‘lishi kerak. 


Texnologik uskunalarga o‘rnatilgan elektr apparatlari, hada ularning yerga ulangan 
simlari elektruskunalari qurilmalari qoidalari talablariga javob berishi lozim. 
Uskunalar yuzasining ish joylaridagi to‘siq va quvurlarning qizish darajasi 45 0S 
dan oshmasligi lozim. Vanna, baklar va boshqa ishchi idishlar kanalizatsiya tizimi 
bilan yopiq usulda bog‘langan to‘kish, toshib quyilish moslamalari va yopib 
qo‘yish moslamalari bilan jixozlangan bo‘lishi kerak. 
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar (avtoklavlar, sterilizatorlar va b.) bosim ostida 
ishlaydigan idishlarni ekspluatitsiya qilish xavfsizligi va tuzilish qonunlariga 
asosan loyixalanadi va ekspluatatsiya qilinadi.
Bu qoidalar 0,07 Mpa dan ortiq bosimda ishlaydigan metall idishlarga tegishli. 
Idishlar konstruktsiyasi ishonchli, ekspluatatsiya qilishda xavfsiz, ko‘zdan 
kechirish, sanitar ishlovchi va ta’mirlash imkonini beradigan bo‘lishi lozim. Ich 
qismini ko‘zdan kechirishga xalaqit qiladigan hamma narsa olinadigan bo‘lishi 
kerak. Ichki diametri 800 mm katta bo‘lgan idishlar soni yetarlicha bo‘lgan 
ta’mirlash va ko‘zdan kechirish teshiklariga (tuynuk) ega bo‘lishlari kerakki, ular 
xizmat ko‘rsatish uchun qulay yerlarda joylashgan bo‘lsin. Tuynuynuklar yumaloq 
va oval shaklda bo‘ladi. aylana shakldagi tuynuklar diametri 400 mm dan kam 
bo‘lmasligi, oval shakldagilar kichik o‘qi kamida 325 mm, kattasi – 400 mm 
bo‘lishi kerak. Quvursimon issiqlik almashtirgichlar ko‘rinishidagi idishlar lyuk va 
tuynuklarsiz yasalgan bo‘lishi mumkin. To‘ntariladigan idishlar o‘z–o‘zidan 
to‘ntarilib ketish oldini oladigan moslamalarga ega bo‘lishi kerak. Idishlar tagi 
odatda eliptik shaklda bo‘ladi, lekin shar yoki shar segmenti ko‘rinishida ham 
yasalgan bo‘lishi mumkin. Idishlarning payvandlangan yerlari faqat bir – biriga 
nisbatan bir tekislikda bajarilgan bo‘lishi kerak. Har xil qalinlikdagi elementlar 
payvandlanganda bir elementdan ikkinchi elementga qirralarsiz, bir maromda 
o‘tishi kerak. O‘tish yuzasi qiyaligi 15 0 oshmasligi lozim. 
Payvandlanadigan elementlar qalinligi nisbati 30% dan ko‘p bo‘lmasa va yupqa 
element qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lmasa, qalin elementlarni yupqalamasdan 
payvandlashga ruxsat etiladi. 


Pastki qismi ko‘zdan kechirish uchun noqulay bo‘lgan gorizontal idishlarda 
bo‘yicha payvandlangan yo‘l 140 0 ga teng pastki qismidagi markaziy burchakka 
to‘g‘ri kelmasligi lozim. 
Tuynuk va lyuklar teshiklari payvandlash choklariga to‘g‘ri kelmaydigan 
(joylarda) yerlarda qurilishi joylashgan bo‘lishi kerak. 
Idishlarni (sosudlarni) tayyorlash va ta’mirlash uchun bosim ostida ishlaydigan 
sosudlar tarkibi va xavfsizlik qonun va qoidalarida keltirilgan materiallardan 
foydalanish lozim. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin