Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "


Ishlab chikarishdagi zararli omil



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

Ishlab chikarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaktida ta’sir 
etibkasallanishga yoki ish kobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil. Zararli 
omillarga neft maxsulotlari (benzin, dizel yokilgisi buglari, pestitsidlar, mineral 
ugitlar, chang, shovkin, titrash ish joyida namlikning 
ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iklim sharoitlari va boshkalar kiradi. 


Elektr xavfsizligikishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit 
maydonining zararli xamda xavfli ta’siridan muxofaza kilishni ta’minlaydigan 
tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi. 
Shikastlanish – ishlab chikarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida 
inson organlari yoki teri koplami fizio-logik bir butunligining buzilishi. 
Mexnat sharoiti – mexnat jarayonida insonning salomatligi va ish
kobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui. 
Shaxsiy ximoyalanish vositalari – bir xodimni muxofaza kilish uchun 
xizmat kiladigan vositalar. Shaxsiy ximoyalanish vositalariga – ish kiyimi
poyafzal, gaznikoblar, respiratorlar, nikoblar, shlemlar, ximoya kuzoynaklari, 
kulokchinlar va boshkalar kiradi. 
Ishlab chikarishdagi baxtsiz xodisa – ish vaktida yuz beradigan xodisa. 
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri 
natijasida kelib chikkan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, xar xil 
kimyoviy gazlar bilan zaxarlanish) kasallikdir. 
Ish jarayonida xavo tarkibidagi zararli moddalarning yul kuysa buladigan 
kontsentratsiyasi – ishchi xar kuni 8 soatdan (yoki boshka ish kuni, umuman 
xaftasiga 40 soatdan ortik bulmagan) ishlaganda nafaka yoshiga yetguncha kasallik 
yoxud sogligida uzgarishlar keltirib chikarmaydigan mikdor. 
Xavfsizlikni taxlil kilishda sistemali taxlil ma’lum samara berishi 
aniklangan. Bunda «odam-mashina» sistemasi dikkatga sazovordir. 
«Odam-mashina» sistemasi shunday tushuniladiki, ular mashina, odam-
operator yigindisidan tashkil topgan buladi, kaysiki, u mexnat faoliyatini, ish 
joyida amalga oshiradi. Bu sistemada mashina deb texnik vositalar yigindisiga 
aytiladi, bulardan odam uz ish faoliyati va mexnat jarayonida foydalanadi. 
Operatorning jaroxatlanishini, kasb kasalligini bartaraf etish va ish samarasini 
oshirish uchun sistemaning xavfsiz ishlashini yukori darajada ta’minlash kerak. 
Lekin ishlash vaktida chang, tebranish, shovkin va boshkalar natijasida vujudga 
keladigan xodisalar sistemaning buzilishiga olib keladi. Shuningdek, operatorning 
ish sharoitiga xavo namligi, xarorat, (jamoadagi ruxiy xolat, mexnat intizomi va 


boshkalar) ta’sir kiladi. Ishchilarni jaroxatlanishdan saklash maksadida «odam-
mashina» sistemasi xar xil kursatkichlarga karab optimallashtiriladi, ya’ni 
ergonomik talablar va kursatkichlar, ergonomik xususiyatlar ta’sir etadi. Shaxsning 
ergonomik xususiyatlari antropometrik, fiziologik, psixofiziologik va gigienik 
xususiyatlar bilan belgilanadi. «Odam-mashina» sistemasining fao-liyati 
samaradorlik kursatkichlariga boglik. Antropometrik parametrlar ergonomik 
talablarni aniklaydi va shaxsni buyumga munosabatining antropomterik 
xususiyatlarini aniklaydi. Psixofiziologik xususiyatlar - kurol, mexnat maxsuloti va 
muxitni birgalikda sezgi a’zo (eshitish, kurish, xis etish va boshkalar) larining 
funktsional ishlashga mutanosibligidir. Gigienik xususiyatlar «odam-mashina» 
sistemasini xayot va faoliyat gigienik sharoitlarini va ishchining ish kobiliyatini, 
yetishtirilgan maxsulotning muxit bilan boglik-ligini aniklaydi. Ruxiy xususiyatlar 
insonning ruxiy (fikrlash, tajribaning mustaxkamlik darajasi va boshkalar) 
faoliyati, maxsulot yetishtirishda muxitga moslanishini ta’minlashga yunaltirilgan. 
Mexnat muxofazasi fani mutaxassislikka tegishli asosiy nazariy bilimlarni beradi. 
Anik muammolar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va 
inshootlar uchun xavfsizlikni ta’minlanlash xar bir fanning mutaxassislik 
kurslarida beriladi 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin