Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

VNIIMP-3 qurilmasi. Bu qurilma Kiev, Omsk va boshqa go‘sht kombinatlarida 
amalda joriy etilgan. Po‘lat payvandlangan rama va ilgaklar ilingan 
harakatlanuvchi tortish zanjiri mavjud. Yuqorida keltirilgan uskunadan 
buriluvchan fiksator o‘rniga stantsionar rama qo‘llanilganligi bilan farq qiladi. 
Uning barmoqlariga ilgaklar yordamida ikkitadan rolikda osilib turgan hatsyvon 
tanalari oldingi oyoq bilan mahkamlanadi. 
Uskuna unumdorligi soatiga 60 tanani, teri shilish davomiyligi 30-90 sek, 
elektrodvigatel quvvati 4-5 kVt –ni tashkil etadi.
Uzluksiz teri shilish mexanizmi. Katta quvvatli go‘sht kombinat-larida 
ishlatiladigan bu qurilmalar statsionarlaridan teri shilish jarayoni uzluksiz rejimda 
yurayotgan konveyerda amalga oshirilishi bilan farq qiladi. 
Ushbu qurilmaning ishlash sxemasi 30-rasmda aks ettirilgan. Qurilma tana old 
oyoqlarini fiksatsiyalash konveyeri 1, terini fiksatsiyalash konveyeri 2, terini 
qabul qilish lentali transportyor 3, ikki konveyersiz relsli yo‘lak shaklidagi yo‘l 4, 
ishchilar uchun og‘ma maydoncha 5 va yuritish stantsiyasidan 6 iborat. Old 
oyoqlarni va terini fiksatsiyalash konveyerlarida ikkitadan plastina-sharnirli
qadami 150 mm -ga teng zanjiri mavjud. Ular tanadan teri shilinishini kerakli 
burchagini ta’minlovchi burama yo‘naltirgichda harakat qilishadi. Old oyoqlarni 
qotiruvchi (fiksatsiyalash) parallel zanjirlari o‘zaro ko‘ndalang po‘lat temirlar bilan 
har 3900 mm da ulangan. Fiksatsiyalash konveyeri zanjirlariga har 300 mm da 
ilgaklar payvandlangan.


Shoxli yirik mol tanasidan terini mexanik usulda shilish 
uzluksiz uskunasi (Moskva go‘sht kombinati konstruktsiyasi): 
1 - old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyeri; 2 - terini fiksatsiyalash konveyeri; 3 – 
teri uchun lentali transporter; 4 – konveyersiz osma yo‘llar; 5 – ishchilar uchun 
stend; 6 – yuritish stantsiyasi. 
Konveyersiz parallel osma yo‘llar qurilma ustida 500 mm balandlikda o‘rnatilgan 
(yo‘llar oralig‘ida) va tana harakati tomonga 4%-li og‘dirilgan. Osma yo‘lning 
kirish va chiqish joylarida tana osilgan roliklarni bir yo‘ldan ikkinchisiga 
o‘tkazuvchi 
(va 
aksincha) 
avtomatik 
strelkalar 
o‘rnatilgan 
(rasmda 
ko‘rsatilmagan).
Har ikkala konveyer AO-71-6-4 rusumli elektrodvitateldan harakatga keltiriladi.
Uning quvvati 5; 6,5; 7 kVt –ni tashkil etadi, uchta tezlikka ega: 700, 940 va
1400 ayl/min, shularga muvofiq ravishda tananing old oyog‘i 5,2; 6,97 va 10,6 
m/min tezlik bilan harakat qiladi. Terini fiksatsiyalash konveyerining tezligi old 
oyoqlarni fiksatsiyalash konveyerini tezligidan kam. Ushbu konveyerlar tezligi 
sinxron ravishda o‘zgaradi. Teri qabul qilish lentali transportyori, quvvati 0,6 kVt – 
ga teng bo‘lgan mustaqil elektrodvigateldan harakatga keltiriladi.


Qurilma quyidagicha ishlaydi. Orqa oyoqlaridan ikki rolikda osilgan shoxli yirik 
molning zabelovka qilingan jussasi avtomatik strelka yordamida bir osma yo‘ldan 
ikkinchisiga, qorin tomoni oldinga qaragan holda o‘tkaziladi.
Tananing oldingi oyoqlar paylariga ilgaklar o‘rnatiladi, ularning ikkinchi uchi old 
oyoqlar konveyeri ilmoqlariga kiydiriladi. Terining zabelovka qilingan 
chekkalariga zanjirchalar bog‘lanadi, ular halqa qilib tortiladi, va zanjirchalar 
halqasi teri fiksatsiya konveyerining ilgaklariga ikkala tomondan simmetrik 
osiladi.
Ikkala konveyer harakati tezliklarining farqi hisobiga teri shilinadi. Bunda teri 
shilishning kerakli yo‘nalishi saqlanadi. 
Jarayon oxirida teri tanadan butkul ajraladi, fiksatsiyadan chiqariladi va lentali 
transportyorga tushadi, go‘sht tanasi esa keyingi operatsiyalarga jo‘natiladi. 
ko‘rinib turibdiki teri barcha jarayonlar bajarilishi davrida tana ostida turadi. Bu 
ishning tozalik (sanitar) sharoitini ta’minlaydi.
Old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyeri tezligiga bog‘liq holda yoritilgan qurilma 
unumdorligi, muvofiq ravishda smenasiga 560, 750 va 1150 boshni tashkil 
etadi.
Teri shirish jarayonini nazorat qilish va kerak bo‘lganda terini to‘g‘rilab turish 
uchun qurilma yonlarida ishchilar uchun maydonchalar 5 mavjud.
Sankt-Peterburg go‘sht kombinatida shoxli yirik mol terisini shilish uchun 
konstruktsiyasi boshqacharoq mexanik qurilmasi ishlatiladi. Farqi, jussa oddiy 
osma konveyerda bir relsli osma yo‘lda keltiriladi. Teri shilish joyida hayvon 
oyog‘ini fiksatsiyalovchi konveyer, yonida esa teri shilish uchun tortish zanjirli 
maxsus profilli og‘ma konveyer o‘rnatiladi. Bu qurilma boshqa go‘sht 
kombinatlarida ham o‘z tatbiqini topgan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin