Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

MEXANIK USKUNALAR 
Go‘sht kombinatlarida shoxli yirik mol tanasidan terini mexanik usulda shilish 
uchun bmr necha tur uskunalar ishlatiladi. Ular yuritma turi, tortish organi, terini 
shilish yo‘nalishi va konstruktsiyasi bilan farq qiladi.
FUA qurilmasi – bu davriy ishlovchi 75 bosh mol terisini bir soatda shilish 
quvvatiga ega, keng tarqalgan qurilma. U VNIIMP, Poltava, Omsk go‘sht 
kombinatlarida yaratilgan va Biysk mashinasozlik zavodida tayyorlangan.
Hayvon terisini avval tanaga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishda, so‘ngra esa tana 
bo‘yicha shilish qobiliyatiga ega bukilgan profilli universal rama-stanina 1 dan 
iborat. Yo‘naltiruvchi ramada uzluksiz ravishda plastina-sharnirli zanjir 2 harakat 
qiladi. Zanjirga ilgaklar osilgan bo‘lib, yulduzcha 3 va reduktor 6 orqali 
elektrodvigateldan 5 harakatga keltiriladi. Zanjir rama ostida o‘rnatilgan 
yulduzchalar 4 yordamida taranglanadi. Tanani teri shilish vaqtida fiksatsiyalash 
uchun individual elektrodvigateldan 5 reduktor 6 orqali harakatga keltiriladigan 
buriluvchan fiksatordan 7 foydalaniladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Zabelovka qilingan tana relsli osma yo‘ldan kelib, 
avtomatik tarzda osiluvchi fiksatorga beriladi, u tanani to‘rt richagidan biri bilan 
ushlab oladi va aylanma yo‘lga 90
o
ga yurg‘izadi, so‘ngra o‘chadi. Oldingi oyoqqa 
ilgak ilib qotiriladi. Zanjircha halqasi ilgakka kiydiriladi. Keyin elektrodvigatel 
fiksatori ikkinchi marotaba yurgiziladi, u tanani teri shilingan joydan olib ketadi va 
birdaniga keyingi tanani olib keladi va h.k. Teri shilish tezligi hayvon jinsi, yoshi, 
semizligiga bog‘liq. Bu tezlik AO-72 elektrodvigatelini paketli yoqqich yordamida 
qayta yoqib rostlanadi. Rostlash oralig‘i 3,01; 4,6; 6,03 va 9,21 m/min.
Ozroq o‘zgartirish kiritish bilan ushbu konstruktsiyani cho‘chqa terisini shilish 
uchun qo‘llash mumkin.
Teri shilish vaqtida unda go‘sht o‘yilgan joylari paydo bo‘lishiga qaraladi, va ular 
bo‘lmasligi chorasi ko‘riladi.
Statsionar ishlaydigan boshqa shoxli yirik mol terisini shilish konstruktsiyalari 
(Giprogo‘sht, T.T.Skripnik sistemasi, Avetikov, Novosibirsk go‘sht kombinati 


konstruktsiyalar va h.k) faqat tortish organi va detallari bilan farq qiladi, mexanik 
usulda teri shilish jarayonini o‘zgartirmagan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin