Misol: Hajmi 20 bo’lgan tanlanmaning chastotalar taqsimoti berilgan: xi 2 6 12 ni 3 10 7 Nisbiy chastotalar taqsimoti ko’rinishida yozing. Yechish: w1=n1/n=3/20=0,15. w2=10/20=0,5. w3=0,35. U holda: xi 2 4 12

ni 0,15 0,5 0,35 Tekshirish: w1+w2+w3=0,15+0,5+0,35=1.
Bosh va tanlanma to`plam
Bosh va tanlanma to`plam
Bir jinsli elementlar jamlanmasida ushbu elementlarni xususiyatlarni xarakterlovchi biror alomatni o`rganish
talab etilgan bo`lsin. Ko`p hollarda barcha elementlarni alohida o`rganish imkoniyati bo`lmaydi (elementlar
soni juda ko`p bo`lishi mumkin, elementni o`rganish ko`p sarf harajat talab etishi mumkin, tekshirilish
jarayonida ushbu element yoq qilinishi mumkin va hokazo). Bu hollarda ushbu elementlar jamlanmasidan biror
qismini ajratib olinadi va bu ajratilgan to`plam bo`yicha butun jamlanma xususiyatlari haqida hulosalar qilinadi.
Masalan, O`zbekiston fuqarolarining bo`yi yoki og`irligini aniqlamoqchi bo`lsak, har bir kishini tekshirish imkoniyatiga ega bo`lmaymiz, chunki buning uchun ko`p mablag` va vaqt sarflash lozim bo`ladi. Bunday hollarda tekshiruvchi uchun eng yaxshi yo`l soni cheklangan birliklarni shunday ustalik bilan tekshirishki, ular umumiy o`rganilayotgan to`plam haqida amaliy jihatdan yetarli darajada aniqlikda ko`zlangan axborotlarni olish imkoniyatini bersin.

Statistik analiz qilish uchun tasodifiy tanlab olingan to`plam tanlanma to`plam deyiladi.
Tanlanma qaysi to`plamdan olingan bo`lsa, bu to`plam bosh to`plam deyiladi.
Bosh to`plam yoki tanlanma to`plamning hajmi deb, bu to`plamdagi ob`ektlar soniga aytiladi. Odatda bosh to`plam hajmini N, tanlanma to`plam hajmini n bilan belgilanadi.
Masalan, agar 10000 ta detalning sifatini tekshirish uchun 100 ta detal tanlab olingan bo`lsa, bosh to`plam hajmi va tanlanmaning hajmi ga teng bo`ladi.
Agar bosh to`plamdan tanlanma to`plam ajratib olib, bu to`plam ustida kuzatish olib borilgandan so`ng, bu tanlanma to`plam keyingi tanlashdan oldin yana bosh to`plamga qaytarilsa, bunday tanlash usuli takroriy tanlanma deyiladi.
Agar bosh tanlanmadan tanlanma to`plam ajratilib, bu to`plam ustida kuzatish olib borilgandan so`ng bosh to`plamga qaytarilmasa, bunday tanlash usuli takroriy bo`lmagan tanlanma deyiladi.