Andijon mashinasozlik instituti ib va kt fakulteti at va t yo‘nalishi k-34-22 guruh talabasi to‘ychiyev shukrulloning nazariy elektrotexnika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 10,47 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü10,47 Kb.
#208071
1   2
tok kuchlanish quvvat

Zanjirning biror qismidan 1 Kulon zaryad o'tganda zanjirning berilgan qismida bajarilgan ishga teng bo'lgan kattalik zanjirning shu qismidagi kuchlanishi deb ataladi.
Kuchlanishni U harfi bilan, ishni A harfi bilan, zaryadni esa Q harfi bilan belgilash qabul qilingan. Bu belgilashlardan foydalanib, kuchlanishni matematik jihatdan bunday ifodalash mumkin:
U = A / Q
Bu formulada A – zanjirdan Q zaryad o'tganda zanjirning berilgan qismida bajariladigan ish. Kuchlanish birligi qilib 1 volt (1 V) qabul qilingan.
[U] = 1 V
Bu nom uzoq ishlaydigan birinchi tok manbaini ixtiro qilgan italiyalik olim Alessadro Volta sharafiga berilgan.
3-rasm
Kuchlanishni o'lchash uchun maxsus asboblar - voltmetrlar mavjud. Sizga yaxshi tanish bo'lgan elektroskopning shkalasi voltlarda darajalansa, undan voltmetr sifatida ham foydalanish mumkin. Bunday voltmetr elektrostatik voltmetr deb ataladi. Kuchlanishni o'lchash uchun voltmetrni zanjirning kuchlanishi aniqlanishi kerak bo'lgan qismiga ulanadi.
Element ruxdan yasalgan silindrsimon idish R dan iborat bo'lib, uning ichida ko'mir sterjen K joylashgan. Bu sterjen maxsus tanlab olingan moddalar aralashmasi (marganets dioksidi - MnO2, grafit, asetilen kuyasi) bo'lgan xaltacha X bilan o'ralgan. Rux silindr bilan xaltacha orasiga novshadilga qorilgan quyuq eritma – elektrolit E quyiladi. Rux idish ichidagi narsalari bilan karton silindrcha solingan va ustidan smola qatlami S quyilgan. Rux eriganda elektrolit manfiy elektrlanadi, xaltachadagi modda esa musbat elektrlanadi. Ko'mir sterjen ham musbat elektrlanadi. Yangi galvanik elementining rux va ko'mir elektrodlari orasidagi kuchlanish 1,5 V, lekin element ishlatilgani sari kuchlanish 1 V gacha kamayadi
Elektr kuchlanish qiymati jihatdan birlik zaryadni maydonning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga ko'chirishda sarfiangan ishga teng. Kuchlanish vektor kattalik bo'lib, uning musbat yo 'nalishi potensiali yuqori bo 'lgan nuqtadan potensiali past bo 'lgan nuqtaga tomon olinadi, qiymati esa o'zi aniqlanayotgan nuqtalar holatiga bog'liq va zaryad ko'chayotgan yo ‘lga bog 'liq emas.
Elektr quvvat - elektr energiyani uzatish va boshqa tur energiyaga
aylantirish tezligini ifodalovchi fizik kattalikdir.
Quvvat deb vaqt birligi yoki bir sekun ichida sarflangan elektr tokiga son jihatidan teng bo’lgan kattalikka aytiladi:
P = U*I
P = I2 * R
P = U2 * G
Energiya saqlanish qonuniga ko'ra o'zgamas lok zanjiriga ulangan manbalar quvvatlarining algebraik yig 'indisi zanjirning barcha istemolchilaridagi quvvatlarning arifmetik yig 'indisiga tengdir:
∑ E = ∑ I2 * R
3. Quvvat nima ?
ifoda energetik balans (muvozanat) tenglamasi dcyiladi, ya'ni manba-
laming ishlab chiqargan elektr energiyasi (quvvati) iste'molchilarda, lIzatish
liniyasid_a va manbalaming o'zida sarfbo'lgan encrgiya (quvvat)ga tengdir
Agar elcktr zanjirda tok yo'naIishi EYK yo'nalishi bilan bir xil bo'lsa,
U holda manba vaqt birligi ichida zanjirga encrgiya uzatuvchi manba
hisoblanadi. Agar tok yo'nalishi EYK yo'naIishiga qarama-qarshi bo'l-
sa, u hoIda EYK manbai zanjirga cnergiya bermaydi, aksincha encrgiyani
qabul qiIadi, ya'ni iste'molchi vazifasini bajaradi. Misol tariqasida
akkumulyatoming zaryadlanishini keItirish mumkin. Bu holda EI ko'paytma
quvvatIar muvozanati tenglamasiga manfiy ishora bilan kiradi
Yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan zanjirlarda kuchlanish va tokni o'lchashda xavfsizlikni saqlash uchun tok va kuchlanish transformatorlari ishlatiladi. Voltmetr va ampermetrlar kuchlanish transformatorlari cho‘lg‘amlariga ulanadi. Zanjirdagi tok kuchini o ‘lchash uchun tok transformatori zanjirga ketma-ket ulanadi, kuchlanish transformatori esa zanjirga parallel ulanadi.
Quvvat – bu vaqt birligida bajarilgan ish. Quvvatning birligi joul/sekund, ushbu birlik xalqaro birliklar sistemasida vatt deb ataladi.
1 Vatt = 1 joul/sekund
quvvat = dU/dt
Elektr zanjiri quvvatni uzata oladi. Tok kuchi – vaqt birligida oqayotgan zaryad miqdori, kuchlanish esa birlik zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish. Biz ushbu taʼriflarni quyidagi quvvat formulasiga qoʻllaymiz:
quvvat = dU/dt = dU/dq * dq/dt = vi
Elektr quvvat kuchlanishning tok kuchiga koʻpaytmasiga teng.
Xulosa
Ushbu mustaqil ishni tayyorlash davomida men tok kuchi, kuchlanish va quvvatlar haqida tushuncha va ular o'rtasidagi umumiy bog'lanishni o'rganib oldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  • https://uz.khanacademy.org
  • Elektrotexnika asoslari – M.Turdialiyev
  • Elektrotexnikaning nazariy asoslari – S.F.Amirov, M.S.Yoqubov, N.G.Jabborov

Yüklə 10,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin